» » O‘zbekistonda 16-sentabr kuni 597 kishida koronavirus aniqlandi. Olti bemor vafot etdi

O‘zbekistonda 16-sentabr kuni 597 kishida koronavirus aniqlandi. Olti bemor vafot etdi


O‘zbekistonda 15-sentabr soat 23:30 dan 16-sentabr soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 597 ta holat qayd etildi. Bu so‘nggi 6 kun ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 49162 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinish holatlarining 1,2 foizi 16-sentabrga to‘g‘ri keldi.

Yangi kasallangan 597 kishining barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:

Kun davomida 11 ta hududda koronavirusga chalinish holati qayd etildi. Faqat Jizzax, Farg‘ona va Xorazmda yangi bemorlar aniqlanmadi. 28-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuniga o‘rtacha 370 nafar yangi bemor aniqlanishi karantin talablari yumshatilgan hozirgi sharoitda nazorat ko‘rsatkichi bo‘lishini qayd etgandi. Prezident haqiqiy holat bo‘yicha raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida barcha rahbarlarni ogohlantirdi. Bunga urinish jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi. Oxirgi 9 kunda kunlik kasallanish holatlari nazorat ko‘rsatkichidan baland bo‘lmoqda.

SSV Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etganini xabar qildi.

Birinchi o‘lim. Toshkent shahri Sergeli tumanida yashagan 61 yoshli X.M. ismli erkak vafot etgan.

Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashagan 69 yoshli Sh.Sh. ismli erkak vafot etgan.

Uchinchi o‘lim. Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yashagan 69 yoshli A.X. ismli erkak vafot etgan.

To‘rtinchi o‘lim. Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashagan 65 yoshli Yu.I. ismli erkak vafot etgan.

Beshinchi o‘lim. Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 80 yoshli A.K. ismli ayol vafot etgan.

Oltinchi o‘lim. Toshkent shahri Yashnobod tumanida yashagan 62 yoshli M.G. ismli ayol vafot etgan.

Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 409 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 426 nafarni tashkil etmoqda.

SSV tomonidan koronavirus qurboni bo‘lgani “tan olinmaganlar”:

Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi. Qashqadaryoda yana bir tibbiyot xodimi, xususiy klinika bosh shifokori To‘raqul Xoliqov 65 yoshida vafot etdi. “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan xususiy klinika mas’ullarining ta’kidlashicha, To‘raqul Xoliqov so‘nggi bir oy davomida koronavirus kasalligidan davolanib kelgan.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3279 nafar bemordan 469 nafari og‘ir, 259 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 

16-sentabr kuni O‘zbekistonning 10 ta hududida 416 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi.

Yangi tuzalganlarning

Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga SSV aniqlik kiritmagan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 49 162 nafar bemordan 45 474 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 92 foizni tashkil etmoqda. 27-avgustdan so‘ng birinchi marta davolanish ko‘rsatkichi 92 foizga tushdi. 5—9-sentabr kunlari davolanish ko‘rsatkichi pandemiya davrida ilk marta 94 foizga chiqqandi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 00:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют