» » O‘zbekistonda 5-6 ming atamani o‘z ichiga olgan yangi lug‘at nashr etiladi

O‘zbekistonda 5-6 ming atamani o‘z ichiga olgan yangi lug‘at nashr etiladi


O‘zbekistonda 5-6 ming atamani o‘z ichiga olgan yangi lug‘at nashr etiladi. Bu haqda 2020-yil 15-sentabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi Shuhrat Ko‘chimov ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, yaqin kunlarda “Ijtimoiy-siyosiy terminlar lug‘ati” nashr etilishi rejalashtirilyapti. Ushbu lug‘at 5000-6000 atrofidagi atamani o‘z ichiga oladi.

“Bugungi kunda ijtimoiy-siyosiy sohada terminlarni tartibga solishda muammolar bor. Terminlarni ba’zi nashrlar, ba’zi bir fuqarolar o‘z bilganlaricha ishlatishyapti. Chet tilidan kirib keladigan terminlarni 100 foiz qabul qilish yaxshi oqibatga olib kelmaydi. Biroq ba’zan o‘zbek tilida bor so‘zlarni ham ishlatmayotganga o‘xshayapmiz. Bunday holatlarda olimlarning vazifasi – ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish, terminlarni qabul qilish prinsiplarini ko‘rsatib berishdir. Jamiyatda bu terminlarni ishlatayotganda har bir shaxs, har bir mutaxassis mas’ul hisoblanadi”, – dedi Shuhrat Ko‘chimov.

Shuningdek, institut olimlari “Yuridik terminlar lug‘ati” ustida ham ish olib bormoqda. Yaqin orada ushbu lug‘atni ham nashr etish rejalashtirilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 06:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют