» » Toshkentda elektronika va elektrotexnika sohasida mustaqil o‘quv yurti tashkil etiladi

Toshkentda elektronika va elektrotexnika sohasida mustaqil o‘quv yurti tashkil etiladi


Toshkentda elektronika va elektrotexnika sohasida mustaqil o‘quv yurti tashkil qilinadi. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy o‘sishni tiklash va tizimli tarkibiy o‘zgarishlarni davom ettirish bo‘yicha 2020-2021 yillardagi amaliy harakatlar rejasi”da belgilab o‘tilgan.

Ma’lum qilinishicha, Koreyaning Ilg‘or texnologiyalar instituti (KAIST), Tokio Ilg‘or texnologiyalar instituti (Yaponiya), “Nanyang” Texnologiya Universiteti (Singapur), “Sinxua” universiteti (Xitoy) vakillari bilan muzokaralar o‘tkaziladi.

Bildirilishicha, davlat-xususiy sherikchilik tamoyillari asosida Toshkentda sohani yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida elektronika va elektrotexnika sohasidagi mustaqil o‘quv yurtini tashkil qilish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, “Lean menejment”, “Kaydzen”, “5S”, “Kanban” texnologiya va standartlari asosida kamxarj usullarda qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish unumdorligini oshirish maqsadida ba’zi kam samarali korxonalar tarkibini qayta qurish va bir turdagi texnika ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish mo‘ljallanmoqda.

Bundan tashqari, import qilinayotgan tayyor elektrotexnika va elektromaishiy texnika mahsulotlariga utilizatsiya yig‘imini joriy etish, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaradigan yetakchi xorijiy kompaniyalarni jalb qilish, elektrotexnika sanoatida energiya va boshqa resurslarni tejaydigan texnologiyalarni, shu jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy qilish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish orqali energiya samaradorligiga erishish va mudofaa sanoatida yangi avlod elektrotexnika mahsulotlari va sanoat jihozlari ishlab chiqarishni tashkil etish rejalashtirilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 07:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 54) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют