» » Rossiyadagi o‘zbekistonlik mehnat migrantlari uchun rus tili va talab yuqori bo‘lgan kasblarni bepul o‘rganish imkoniyati yaratildi

Rossiyadagi o‘zbekistonlik mehnat migrantlari uchun rus tili va talab yuqori bo‘lgan kasblarni bepul o‘rganish imkoniyati yaratildi


Rossiyada mehnat faoliyatini olib borayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlari rus tilini va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarni bepul o‘rganishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lum qildi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Worldskills Uzbekistan assotsiatsiyasi, Worldskills Russia ittifoqi va Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti bilan hamkorlikda Rossiyada faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan mehnat migrantlarini bepul kasbga o‘qitish loyihasini amalga oshirmoqda.

Loyiha doirasida mehnat migrantlari uchun Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Yekaterinburg va Novosibirsk shaharlarida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha 1 oylik (72 soatlik) va 2 oylik (144 soatlik) o‘quv kurslari tashkil etiladi:

Malaka oshirish va kasb o‘rganish kurslarida xizmat ko‘rsatish, qurilish va kompyuter texnologiyalari sohasida dars o‘tiladi. Kurslar kunduzi va ishlovchilar uchun ish vaqtidan keyin — 19:00 dan 22:00 gacha tashkil etiladi.

Kurslarga har kuni qatnab o‘qishga imkoni bo‘lmaganlar uchun o‘quv markazlarida yotoqxona tashkil etiladi. Kurslar va yotoqxona bo‘yicha barcha xarajatlar Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi va mehnat migrantlari uchun butunlay bepul.

O‘quv kurslari yakunida Worldskills standartlari asosida o‘qiganlikni tasdiqlovchi va malaka darajasini ko‘rsatuvchi malaka pasporti beriladi.

Mazkur o‘quv kurslarida o‘qimoqchi bo‘lgan mehnat migrantlari quyidagi manzillarga murojaat qilishi mumkin:

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 07:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют