» » Moskvada qancha buxorolik mehnat mingrantlari borligi ma’lum bo‘ldi

Moskvada qancha buxorolik mehnat mingrantlari borligi ma’lum bo‘ldi


Hozirda Moskva viloyati va shahrida 60 mingdan ortiq buxorolik mehnat migrantlari vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda.

Mehnat vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, bu haqda Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari hamkorligida mehnat migratsiyasi sohasida olib borilayotgan chora-tadbirlar masalasiga bag‘ishlangan anjumanda ma’lum qilgan.

Unda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Rossiya mehnat va bandlik federal xizmati rahbariyati, tegishli davlat organlarining mas’ullari ishtirok etdi.

Anjumanning asosiy maqsadi O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishi jarayonida yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish hamda mehnat migratsiyasi tizimini yanada takomillashtirish masalalariga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur anjuman O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida 2017-yil 5-aprelda tuzilgan “Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy asosda jo‘natish va jalb qilish to‘g‘risida”gi Kelishuvni amalga oshirish doirasida 12—13-noyabr kunlari Buxoro viloyatida o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2019, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 7) ( 0) ( 6) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют