» » O‘zbekistondan xorijga ketayotgan mehnat muhojirlariga 1000 dollargacha kredit beriladi

O‘zbekistondan xorijga ketayotgan mehnat muhojirlariga 1000 dollargacha kredit beriladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qaror sharhi O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan e’lon qilindi.

Qarorda, jumladan, vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekistondan tashqariga chiqayotgan fuqarolar murojaatlari va ehtiyojlariga muvofiq mehnat organlarining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari ko‘zda tutilmoqda.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazlari tuzilmasida umumiy 300 shtat birligida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqayotgan fuqarolar bilan ishlash sektorlarini tashkil etiladi.

Mazkur sektorlarning asosiy majburiyatlari — uyma-uy yurib vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqib ketishni rejalashtirayotgan fuqarolarni aniqlash hamda ular bilan chet elga xavfsiz chiqish va imtiyozli tariflarda temiryo‘l va aviachiptalar sotuvi mexanizmi masalalari bo‘yicha axborot-tushuntirish va targ‘ibot ishlarini amalga oshirish hisoblanadi.

Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqib ketayotgan fuqarolarning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga chet tillari va ishlab chiqarish kasblariga o‘qitish kurslarni tashkil etishni ta’minlash topshirilgan.

Qarorda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqib ketayotgan fuqarolar uchun quyidagilarni o‘z ichiga olgan bank va sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish nazarda tutilgan:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют