» » Xorijga ishlagani ketayotgan o‘zbekistonliklarga temiryo‘l- va aviachiptalar chegirma bilan sotiladi. Chiptaning 300 ming so‘mini davlat qoplab beradi

Xorijga ishlagani ketayotgan o‘zbekistonliklarga temiryo‘l- va aviachiptalar chegirma bilan sotiladi. Chiptaning 300 ming so‘mini davlat qoplab beradi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qaror sharhi O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan e’lon qilindi.

Vazirlik sharhida qayd etilishicha, Prezidentning ushbu qarori vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish joyiga yetib borishda xavfsizlikni ta’minlash uchun qulay sharoitlar yaratish va yo‘l-transport xalokatlarining oldini olishga qaratilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistondan xorijga ketayotgan mehnat muhojirlariga 1000 dollargacha kredit beriladi

Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqayotgan fuqarolarga temiryo‘l va aviachiptalar narxlariga chegirmalar taqdim etish tizimi joriy etilmoqda:

Buning uchun “Aloqabank”ning moliyaviy barqarorligi va likvidliligi oshiriladi — davlat byudjeti va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasidan 100 milliard so‘m “Aloqabank” ustav kapitaliga kiritiladi.

Shu bilan birgalikda, temiryo‘l va aviachiptalarni imtiyozli tariflarda xarid qilishning asosiy sharti — vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekistondan tashqariga chiqayotgan fuqarolarni imtiyozli tariflarda chipta taqdim etishning shaffofligini ta’minlash maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi elektron ma’lumotlar bazasiga ro‘yxatga olish hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 88) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют