» » O‘zbekistonlik ayollar ko‘proq qaysi davlatlarga ishlash uchun ketayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonlik ayollar ko‘proq qaysi davlatlarga ishlash uchun ketayotgani ma’lum qilindi


Xorijda ishlash istagidagi o‘zbekistonlik erkaklarning aksariyati MDH mamlakatlariga, xotin-qizlar esa Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklariga yo‘l olmoqda. Bu haqda 16-sentabr kuni AOKAda Prezidentning “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosiga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshqarma boshlig‘i Azim Ahmadovning ta’kidlashicha, Rossiya va Qozog‘istonda muhojirlar, asosan, qurilish sohasida ishlagani tufayli bu mamlakatlarda ayollar uchun ish topishda qator muammolar tug‘iladi.

“O‘zbekiston fuqarolarining xorijiy davlatlarga ishlash uchun chiqishlari oson va qiyinlik darajasiga bo‘linadi. Ma’lum bir davlatlar borki, ularga kirib borish uchun ishchi viza talablari mavjud hamda u yerda ishlash tartib-qoidalari ham belgilangan. Shunday mamlakatlar borki, ularga borish uchun viza talab etilmaydi.

Bugungi kunda migrantlarning eng ko‘p qismi shu jihatlarni inobatga olgan holda Qozog‘iston va Rossiya, ya’ni MDH davlatlariga to‘g‘ri kelmoqda. Bu borish osonligi, ma’lum bir vaqtda O‘zbekiston hududidan chiqib ketib, mazkur davlatlarga erkin kirib borishi bilan asoslanadi. Ikkala mamlakatda, asosan, qurilish sohasida ko‘plab fuqarolar ishlashini inobatga oladigan bo‘lsak, ularda erkaklar soni juda yuqori. Ayollarning ish topishida qator qiyinchiliklar yuzaga keladi.

Tahlillarga ko‘ra, uy xo‘jaligida xizmatchilik, enagalik va boshqa kasblarga talab yuqori bo‘lganligi tufayli Turkiya hamda BAAda ayollar uchun ish topish va ishga joylashish oson kechadi”, — deydi Azim Ahmadov.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 10:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют