» » Rossiyada tyuning qilingan Lada 4x4 salkam 16 ming dollarga sotuvga qo‘yildi (foto)

Rossiyada tyuning qilingan Lada 4x4 salkam 16 ming dollarga sotuvga qo‘yildi (foto)


“Avto.ru” portalida 2017-yilda ishlab chiqarilgan va hozirga qadar 8900 kilometr yo‘l bosgan Lada 4x4 modeli 1,2 million rublga (15,6 ming dollar) sotuvga qo‘yildi. Modifikatsiyaga uchragan to‘q yashil “Niva” sotuvga qo‘yilgan eng qimmat nusxaga aylandi.

Mazkur “Niva” yo‘ltanlamasi tyuningga uchragan. Unga shnorkel (dvigatelning suv ostida ishlashini ta’minlovchi qurilma), kuchaytirilgan bamper, ekspeditsiya uchun mo‘ljallangan yukxona va tom qismiga yorug‘lik diodli projektor o‘rnatilgan.

Shuningdek, Lada 4x4 texnik modifikatsiyaga ham qilingan. Avtomobil old va orqa differensiallarni pnevmobloklovchi, qattiqlikni sozlashga qodir amortizatorlar va kuchaytirilgan “podveska” bilan jihozlangan. Bundan tashqari, mashinaning asosiy optikasi yorug‘lik diodliga almashtirilgan.

Mavzuga doir: AQShda 39 yil davomida ajoyib holda saqlangan “Niva” sotuvga qo‘yildi

Zavodda o‘rnatilgan 83 ot kuchiga ega 1,7 litrli dvigatel Garrett trubinasi yordamida modernizatsiyaga uchragan bo‘lib, uning quvvati 130 ot kuchiga yetkazilgan. Kuchaytirilgan motor yo‘ltanlamas katerni torta olishi uchun kerak.

Uch yil davomida “Niva” 8900 kilometr yo‘l bosgan. Sotuvchining so‘zlariga ko‘ra, tyuningning barcha elementlari YHXBB tomonidan ro‘yxatga olingan, shu sababli uning bo‘lajak egasida hech qanday muammo bo‘lmaydi.

Mavzuga doir: Video: Panorama tom va yukxonasida audiotizimga ega Lada 4x4



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 11:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 97) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют