» » 77 kishini o‘ldirgan norvegiyalik terrorchi Anders Breyvik muddatidan oldin ozodlikka chiqish bo‘yicha iltimosnoma yo‘lladi

77 kishini o‘ldirgan norvegiyalik terrorchi Anders Breyvik muddatidan oldin ozodlikka chiqish bo‘yicha iltimosnoma yo‘lladi


2011-yilda 77 kishini o‘ldirgani uchun 21 yilga ozodlikdan mahrum etilgan norvegiyalik Anders Breyvik shartli ravishda ozod qilinish to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qildi. Bu haqda uning advokati Oysten Sturrvikka tayanib, Verdens Gang tabloidi xabar berdi.

Iltimosnomaga ikkita ism ostida imzo chekilgan: Anders Bering Breyvik va Fotolf Xansen (mahkum ikkinchi ismni 2017-yilda olgan).

Advokatning so‘zlariga ko‘ra, muddatidan oldin ozodlikka chiqarilishini so‘rash huquqi Breyvikda qamalganidan 10 yil o‘tibgina paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, terrorchi hozirga qadar undan ham kamroq qamoq jazosini o‘tagan — u 2011-yilning iyulida hibsga olingan, hukm esa 2012-yilning avgustida o‘qilgan. “U buni hozir xohlayapti. U sud yakunlanganidan beri yolg‘iz kamerada sakkiz yildan ortiq o‘tirdi”, — deydi advokat.

Shuningdek, Breyvik o‘z huquqlari buzilayotgani sabab davlatga qarshi yangi sud jarayonini boshlash niyatida. 2015-yilda u davlat bilan sudlashib, qamoqdagi huquqlari buzilayotganidan shikoyat qilgandi. Breyvikning aytishicha, uni qamoqda saqlash sharoiti g‘ayriinsoniy bo‘lib, uning g‘ururini toptamoqda. 2016-yilning aprelida Oslo shahridagi okrug sudi shikoyatni qisman asosli deb topib, mahbusga kompensatsiya to‘lanishini belgilagan. Biroq 2017-yilning martida Borgarting apellyatsiya sudi hukmni bekor qilgan. Sud Breyvikning bir kishilik kamerada saqlanishini ma’qullagan, negaki mahbus qilmishidan afsuslanmasligini aytgan, demak, u hanuz jamiyat uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Keyinroq 2017-yilda Norvegiya Oliy sudi terrorchining qamoqxonadagi yashash sharoitlari ustidan qilgan shikoyatini asossiz, deb topgan.

Mavzuga doir: Breyvikni qamoqda saqlashga yiliga yarim million yevrodan ko‘p pul sarflanmoqda

Eslatib o‘tamiz, 2011-yil 22-iyul kuni norvegiyalik mahbus ikkita teraktni amalga oshirgan. Dastlab u Oslo hukumati joylashgan dahada portlash sodir etgan, natijada 8 kishi halok bo‘lgan. Keyinroq terrorchi Utoyya orolida 69 kishini otib o‘ldirgan. 2018-yili u o‘z qilmishidan afsusda ekanini ma’lum qilgan, biroq ayrimlar uning gaplarini yolg‘on deb topgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 12:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют