» » Jon Lennonni o‘ldirgan qotilning muddatidan avval ozod bo‘lish uchun qilgan 11-so‘rovi ham rad etildi

Jon Lennonni o‘ldirgan qotilning muddatidan avval ozod bo‘lish uchun qilgan 11-so‘rovi ham rad etildi


Nyu-York shtatidagi mahbuslarni shartli ravishda muddatidan avval ozod qilishi bo‘yicha komissiya taniqli xonanda, The Beatles a’zosi Jon Lennonning qotili Mark Chepmenni ozod qilish bo‘yicha bildirilgan navbatdagi so‘rovni rad qildi. Bu haqda TMZ xabar bergan.

Bu Chepmenning muddatidan ilgari ozodlikka chiqish bo‘yicha qilgan 11-so‘rovi edi. U kelasi safar 2022-yilda afv so‘rab yana komissiyaga murojaat qilishi mumkin.

Mark Devid Chepmen 1980-yilning 8-dekabrida Nyu-York markazidagi “Dakota” nomli bino oldida The Beatles yetakchisini otib o‘ldirgandi. Lennon ovoz yozish studiyasidan uyga qaytayotganda qotil to‘pponchadan unga qarata besh marta o‘q uzgan. 25 daqiqadan keyin shifokorlar uning qon yo‘qotish oqibatidagi o‘limini qayd etgan. Chepmen voqea joyidan qochishga urinmagan. Sud uni aqli raso deb topib, 20 yildan keyin muddatidan oldin shartli ozod etilish haqida arznoma berish huquqi bilan umrbod qamoqqa hukm qilgan.

Sud hukmiga ko‘ra, Chepmen 20 yildan bir umrgacha ozodlikda mahrum qilingan, ya’ni u kamida 20 yil davomida qamoqda bo‘ladi va keyin muayyan sharoitlar hisobga olinsa, yana ozodlikka chiqishi mumkin. Chepmen 2000-yildan buyon qamoqdan chiqarishlarini so‘rab har ikki yilda komissiyaga murojaat yo‘llab keladi.

2016-yil avgustda AQShning Nyu-York shtati rasmiylari Britaniyaning The Beatles asoschilaridan biri, guruh yetakchisi – Jon Lennonni 1980-yilda otib o‘ldirgan Mark Devid Chepmenga to‘qqizinchi marta muddatidan avval qamoqdan chiqish iltimosini rad etgan, 2018-yilda ham Devid Chempenning arznomasini qondirish yana bir bora rad qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 09:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют