» » Norvegiyada 1 kishilik kamerada saqlanishidan shikoyat qilgan terrorchining arzi rad etildi

Norvegiyada 1 kishilik kamerada saqlanishidan shikoyat qilgan terrorchining arzi rad etildi


Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi terrorchi Anders Breyvikning Norvegiyadagi qamoqxona sharoitlari ustidan qilgan shikoyatini rad qildi. Bu haqda Yevropa sudining matbuot xizmati xabar berdi.

Uch nafar sudyadan iborat qo‘mita mahbusning ko‘rsatmalari haqiqatga mos kelmagani tufayli uning shikoyati rad etilganini ma’lum qilgan. Qarorning qat’iy ekani aytilgan.

21 yillik qamoq jazosini o‘tayotgan Breyvik bir kishilik 3 xonali kamerada yashashi va boshqa mahbuslar bilan muloqot qila olmasligidan shikoyat qilgan. U bunday munosabatni g‘ayriinsoniy deb atagan.

2016-yilning aprelida Oslo shahridagi okrug sudi shikoyatni qisman asosli deb topib, mahbusga kompensatsiya to‘lanishini belgilagan. Biroq 2017-yilning martida Borgarting apellyatsiya sudi hukmni bekor qilgan. Sud Breyvikning bir kishilik kamerada saqlanishini ma’qullagan, negaki mahbus qilmishidan afsuslanmasligini aytgan, demak u hanuz jamiyat uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Keyinroq, 2017-yili Norvegiya Oliy sudi terrorchining qamoqxonadagi yashash sharoitlari ustidan qilgan shikoyatini asossiz deb topgan.

Qamoqxonada yashash vaqtida mahbus o‘zining ism-familiyasini ham o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lgan. Endilikda uning ismi rasman — Fotolf Xansen.

2011-yil 22-iyul kuni norvegiyalik mahbus ikkita teraktni amalga oshirgan. Dastlab u Oslo hukumati joylashgan dahada portlash sodir qilgan, natijada 8 kishi halok bo‘lgan. Keyinroq terrorchi Utoyya orolida 69 kishini otib o‘ldirgan. 2018-yili u o‘z qilmishidan afsusda ekanini ma’lum qilgan, biroq ayrimlar uning gaplarini yolg‘on deb topgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют