» » Jasur Ibrohimov ishi: Islombek To‘laganovning advokatlari apellyatsiyaga berdi

Jasur Ibrohimov ishi: Islombek To‘laganovning advokatlari apellyatsiyaga berdi


Borovskiy kolleji talabasi Jasurbek Ibrohimovning o‘limida aybdor deb topilgan o‘smir, marhumning kursdoshi Islombek To‘laganovning advokatlari qaytadan tergov o‘tkazishni talab qilmoqda. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar berdi.

To‘laganovni sudda himoya qilgan advokatlar hukm ustidan Toshkent shahar sudiga apellyatsiya shikoyatini kiritdi. Murojaatda aytilishicha, sudlanuvchining himoyasi Mirobod tuman sudining qaroridan norozi bo‘lib, uni yuqoriroq instansiyada qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi.

Yuristlar yangi sud tergovini o‘tkazib, To‘laganovga o‘qilgan hukmni o‘zgartirishni talab qilmoqda. Ular bo‘lib o‘tgan voqealarning asosiy aybdorlari sifatida marhumning o‘zi, ixtilofni boshlab bergani aytilayotgan Jasurbek Ibrohimovni hamda bolani qutqarish imkoniga ega bo‘laturib, bu ishni amalga oshirmagan tibbiyot xodimlarini ko‘rsatmoqda.

Bu shikoyat asosidagi birinchi yig‘ilish 1-dekabr kuni jinoiy ishlar bo‘yicha Toshkent shahar sudida bo‘lib o‘tadi.

O‘z navbatida, jabrlanuvchi tomonning advokati Lola Ismoilova yaqin vaqt ichida prokuraturaga ixtilofning qolgan ishtirokchilari ustidan ish qo‘zg‘atish talabi bilan hujjatlar topshirilishini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 30-oktabr kuni jinoiy ishlar bo‘yicha Mirobod tuman sudi Islombek To‘laganovni Jasurbek Ibrohimovning o‘limida aybdor deb topib, unga nisbatan olti yillik qamoq jazosini belgilagan edi.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют