» » O‘zbekistonda 1 trln so‘m mablag‘ni naqdlashtirgan, 30 mln dollarni chet elga chiqarib yuborgan jinoiy guruh ishi sudga oshirildi

O‘zbekistonda 1 trln so‘m mablag‘ni naqdlashtirgan, 30 mln dollarni chet elga chiqarib yuborgan jinoiy guruh ishi sudga oshirildi


O‘zbekiston Bosh prokuraturasi va DXX hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-tergov tadbirlari natijasida o‘z imkoniyati va vakolatini suiiste’mol jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda “O‘zbekiston24” telekanalida namoyish etilgan reportajda ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoiy guruh a’zolari soxta tadbirkorlik subyektlari orqali 300 milliard so‘m mablag‘ naqdlashtirgan hamda konvertatsiya qilib, chet elga chiqarib yuborgan. Bu ishda tijorat banklari xodimlari ham ishtirok etgan.

“Men to‘rtta firmada norasmiy rahbar bo‘lganman. Shu firmalarning ish faoliyati mijozlardan pul olib, naqdlashtirib berishdan iborat. Bu soliq to‘lamaslik uchun qilingan biznes. Biznesimiz esa banksiz o‘tmaydi. Kuniga 4-5 milliard, hatto 36 milliard so‘mgacha o‘tkazadigan kunlarimiz bo‘lgan. Bizda umuman naqd pul yo‘q. ‘Kontragent’ deb ataluvchi firmalar pul jo‘natadi, biz pulni olib boshqa joyga jo‘natib yuboramiz. O‘rtada ular pullarni o‘zlari taqsimlaydi. Bizning vazifamiz — tushgan pullarni boshqa joyga jo‘natish. Har kuni hisob raqamimiz nol bo‘lishi kerak. 1 milliard bo‘ladimi yoki 30 milliard bo‘ladimi, joy beradiganlar ham, pul beradiganlar ham bizning rahbarlarimiz, chet elda yuradigan odamlar”, — deydi ayblanuvchilardan biri.

300 milliardga yaqin so‘m mablag‘lari soxta firma rahbarlarining nomiga ochilgan plastik kartaga go‘yoki moliyaviy yordam ko‘rinishida tushirilib, keyinchalik ushbu pullarni sherik banklarda naqdlashtirishgan.

Bitta operatsiyada 500-600 ming dollar naqdlashtirilgan. Bir necha kun ichida 30 million dollar konvertatsiya qilinib, chet davlatlarga o‘tkazib yuborilgan.

Mazkur jinoiy guruh 2019-yilning aprelidan dekabriga qadar 1 trillion so‘mga yaqin mablag‘larni naqdlashtirib, 200 milliard so‘m atrofida soliq va boshqa to‘lovlardan bo‘yin tovlagan. 10 milliard so‘mga yaqin davlat budjeti mablag‘ini to‘g‘ridan to‘g‘ri talon-toroj qilgan. Bank tizimidagi rahnamolar, pul o‘tkazmalariga taqiq qo‘yish, shubhali bank operatsiyalari to‘g‘risida tegishli organlarga o‘z vaqtida xabar berish o‘rniga ular bilan kelishib ishlagan.

Hozirda tergov harakatlari tamomlanib, jinoyat ishi tegishli xulosa bilan mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan.

Avvalroq Toshkent viloyatida fuqarolarni 2,2 milliard so‘mga chuv tushirgan jinoiy guruh, Toshkentdagi esa korxonadan 2 milliard so‘mdan ortiq naqd pul o‘g‘irlagan jinoiy guruh qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda telefonlarning IMEI kodlarini boshqa shaxslar nomiga ro‘yxatdan o‘tkazish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 12:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют