» » Sanchodan Levandovskigacha. Bundesliganing eng qimmat futbolchilari reytingi tuzildi

Sanchodan Levandovskigacha. Bundesliganing eng qimmat futbolchilari reytingi tuzildi


Transfermarkt portali Germaniya Bundesligasining eng qimmat o‘yinchilarining yangilangan reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, “Borussiya Dortmund”ning 20 yoshli vingeri Jeydon Sancho birinchi o‘rinni egallagan. Uning narxi 130 milliondan 117 million yevroga pasaygan bo‘lsa-da, bu uning reytingdagi o‘rniga ta’sir o‘tkazmagan (bundan oldingi reytingda ham birinchi o‘rinda edi).

Ikkinchi pog‘onadan “Bavariya” vingeri Serj Gnabri joy olgan, uning narxi 72 million yevrodan 90 million yevroga ko‘tarilgan. Kuchli uchlikni esa Myunxen klubining yana bir a’zosi Yozua Kimmix yakunlab bergan (85 million yevro).

Shuningdek, Bundesliganing eng qimmat futbolchilari o‘nligiga “Bavariya”ning 7, “Borussiya D”ning ikki, “Leypsig”ning esa 1 nafar futbolchisi kirgan.

Bundesliganing eng qimmat futbolchilari o‘nligi:

1. Jeydon Sancho (“Borussiya D”) — 117 million yevro;

2. Serj Gnabri (“Bavariya”) — 90 mln;

3. Yozua Kimmix (“Bavariya”) — 85 mln;

4. Erling Holand (“Borusssiya D” ) — 80 mln;

5. Alfonso Devis (“Bavariya”) — 80 mln;

6. Leroy Sane (“Bavariya”) — 70 mln;

7. David Alaba (“Bavariya”) — 65 mln;

8. Leon Gorestka (“Bavariya”) — 60 mln;

9. Robert Levandovski (“Bavariya”) — 60 mln;

10. Dayo Upamekano (“Leypsig”) — 60 mln.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 14:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют