» » Jizzaxda 18 yoshli qizning qotili olti yildan so‘ng aniqlandi

Jizzaxda 18 yoshli qizning qotili olti yildan so‘ng aniqlandi


Jizzax viloyatida 6 yil avval o‘ldirilgan qizning qotili aniqlandi, deya xabar beradi IIV.

Ma’lum qilinishicha, 2014-yilning 23-oktabr kuni Jizzax viloyati, Baxmal tumani, Novqa qishlog‘ida istiqomat qilgan, 1996-yilda tug‘ilgan qiz yashash uyidan pasportini olish uchun chiqib ketib, qaytib kelmagan.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, shundan so‘ng qizning onasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. Biroq 6 yil o‘tsa-da qizning na tirigi, na o‘lgani tasdiqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, 2014-yilning 23-oktabrida qiz “Mo‘g‘ol” qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi, 1991-yil tug‘ilgan erkakning yashash uyiga kelgan va undan homilador ekanligini bildirgan. Kutilmagan ushbu gap qiz va yigit o‘rtasida janjalga sababchi bo‘lgan.

Oqibatda yigit qizning yuziga qattiq zarba berib yiqitgan. Shu atrofdagi elektr simi bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan. Jasadni esa gilamga o‘rab, qurilishi tugallanmagan uyi oldiga ko‘mib yuborgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 14:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют