» » O‘zbekiston Hisob palatasi raisiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

O‘zbekiston Hisob palatasi raisiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi


O‘zbekiston Hisob palatasi raisiga ikki nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda palata tomonidan xabar berildi.

O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi farmoni bilan Bahodir Turobov Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bahodir Turobov 1972-yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. U 1994-yil Toshkent moliya institutini iqtisodchi mutaxassisligi, 2000-yil Bank-moliya akademiyasini moliya mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2007-yilda iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.

Bahodir Turabov 2011—2015-yillarda Moliya vazirligi boshqarma boshlig‘i, bosh boshqarma boshlig‘i vazifasida mehnat qilgan. U 2015—2017-yillarda “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi bosh boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan. 2017—2018-yillarda Hisob palatasi bosh inspektori, sho‘ba mudiri sifatida mehnat qilgan. 2018—2019-yillarda Davlat soliq qo‘mitasida rais o‘rinbosari vazifasida ishlagan. 2019-yil sentabrdan mazkur tayinlovga qadar Hisob palatasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Shuningdek, Prezidentining yuqorida qayd etilgan farmoni bilan Saidlaziz Saidkarimov Hisob palatasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Saidlaziz Saidkarimov 1982-yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. U 2002-yil O‘zbekiston Milliy universitetini huquqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Saidlaziz Saidkarimov 2002—2009-yillarda Sirdaryo viloyati prokuraturasi tizimida turli vazifalarda ishlagan. 2009—2018-yillarda O‘zbekiston Bosh prokuraturasining boshqarma prokurori, katta prokurori, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2018-yil fevraldan mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Avvalroq O‘zbekiston Hisob palatasi shu’ba mudiri Hikmatillo Latipov Andijon viloyati Jalaquduq tumaniga hokim etib tayinlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 21:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют