» » Volocopter yangi aerotaksidagi ilk parvozlar uchun mijozlarni ro‘yxatga olishni boshladi. Chipta narxi 300 yevro

Volocopter yangi aerotaksidagi ilk parvozlar uchun mijozlarni ro‘yxatga olishni boshladi. Chipta narxi 300 yevro


Volocopter kompaniyasi yangi aerotaksidagi ilk parvozlar uchun mijozlarni ro‘yxatga olishni boshladi — bu havo transporti uchun u qadar qimmat emas, biroq bir necha yil kutishga to‘g‘ri keladi, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.

Volocopter yangi avlod havo transportlarini yaratish ustida ish olib borayotgan ko‘plab kompaniyalardan biri hisoblanadi. U batareyalardan quvvatlanadi va havoda xuddi ulkan kvadrokopter kabi 18 ta rotor dvigateli yordamida harakatga keladi.

Kompaniya Volocopter yordamida amalga oshiriladigan ilk parvozlar uchun oldindan buyurtmalar olishni boshladi. Ular orasidan ming nafar ishtirokchi tanlab olinadi va ular aerotaksida 15 daqiqa uchadigan ilk insonlarga aylanadi. Chipta narxi 300 yevro — buning ichidan parvoz, suratga olish va sertifikat o‘rin olgan.

Cheklangan miqdordan tashqari boshqa muammo ham bor — Volocopter loyihasi faqat 2-3 yildan so‘nggina amalga oshiriladi. Shunday ekan, chipta egalari kamida 2022-yilda parvoz qila olishlari mumkin.

Intel kompaniyasi ikkita yo‘lovchini tashishga qodir Volocopter “uchar avtomobili”ni CES 2018 ko‘rgazmasida taqdim etgandi, 2019-yilda esa Germaniya startapi uchuvchisiz aerotaksi loyihasi uchun Xitoy kompaniyasidan 50 million yevro jalb qilgan.

Mavzuga doir: Avstriyada Yevropadagi ilk aerotaksi sinovdan o‘tkazildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 22:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют