» » Yevropa parlamenti Lukashenkoni prezident deb tan olmadi va Rossiyaning Belarus ishlariga aralashuvini qoraladi

Yevropa parlamenti Lukashenkoni prezident deb tan olmadi va Rossiyaning Belarus ishlariga aralashuvini qoraladi


Yevropa parlamenti Belarusdagi vaziyat yuzasida rezolyutsiya qabul qildi. Meduza’ning xabar berishicha, hujjatga parlament a’zolarining 574 nafari rozilik bildirgan, 37 nafari qarshi chiqqan, 82 nafari javob berishga ikkilangan.

Rezolyutsiyada boshqa narsalar qatorida qayd etilishicha, Yevropa parlamenti:

Rezolyutsiya tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lib, Yevropa ittifoqi institutlari tomonidan bajarilishi majburiy emas, lekin ular uchun siyosiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 9-avgust kuni Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkazildi. Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Lukashenko 80 foiz ovoz olib oltinchi marta g‘olib bo‘ldi. Prezidentlikka nomzod Svetlana Tixonovskaya boshchiligidagi Birlashgan muxolifat ovoz berish natijalarini tan olmadi. Shu bilan birga, OAVlar va kuzatuvchilar saylovlarda ko‘plab qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilganini bildirgan. Mamlakatda bir oydan ko‘proq vaqt davomida norozilik namoyishlari davom etmoqda.

19-avgust kuni Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari Belarusdagi saylov natijalarini tan olishdan bosh tortgan va mamlakat rahbariyatiga shaxsiy sanksiyalarni qo‘llashga va’da bergandi. 31-avgust kuni Latviya, Litva va Estoniya Aleksandr Lukashenko va yana 29 nafar belaruslik mansabdorga nisbatan sanksiya joriy qildi.

Germaniyaning Die Welt gazetasi esa Yevropa Ittifoqi Lukashenkoga qarshi sanksiyalar qo‘llashni rad etganini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: “Lukashenko — qonuniy prezident”. Dmitriy Peskov Sochida Putin va Lukashenko o‘rtasida o‘tkazilgan muzokara natijalarini sarhisob qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 22:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют