» » Bloomberg: Moskva Belarusdagi norozilik namoyishlari ko‘lamidan hayratda, biroq Putin bu Lukashenkoni ag‘dara olishiga ishonmaydi

Bloomberg: Moskva Belarusdagi norozilik namoyishlari ko‘lamidan hayratda, biroq Putin bu Lukashenkoni ag‘dara olishiga ishonmaydi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarusdagi norozilik namoyishlari Aleksandr Lukashenkoni hokimiyatdan ag‘darishiga ishonmaydi. Bu haqda Bloomberg Kremldagi beshta manbasiga tayanib, ma’lum qildi.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya rahbariyati Belarusdagi norozilik namoyishlari ko‘lamidan hayratga tushgan.

Ta’kidlanishicha, Moskva Lukashenkoga ishonmaydi, biroq ko‘cha aksiyalari yo‘li bilan Belarus hukumati tepasiga muxolifatning kelishiga yo‘l qo‘yishni ham istamaydi. Shu sababli Rossiya Lukashenkoni bosqichma-bosqich hokimiyatni topshirishga da’vat etgan holda qo‘llab-quvvatlashni davom etmoqda.

Avvalroq Aleksandr Lukashenko Rossiya OAVlariga Minskda intervyu bergandi. Unda Lukashenko prezidentlik kursisida “biroz ko‘p o‘tirib yuborganini” tan olgan. Shu bilan birga, u agar Belarus “qulasa”, keyingisi Rossiya bo‘lishini ta’kidlab o‘tgan.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, 9-avgust kuni Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkazildi. Markaziy saylov komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, u 80 foiz ovoz olib oltinchi marta g‘olib bo‘ldi. Shu bilan birga OAVlar va kuzatuvchilar saylovlarda ko‘plab qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilganini bildirgan. Saylovlardan so‘ng ommaviy noroziliklar boshlangan va hali ham davom etib kelmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 19:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют