» » Aviaqatnovlar orqali Ozbekistonga kirib kelgan fuqarolar karantinni oz uyida otaydi

Aviaqatnovlar orqali Ozbekistonga kirib kelgan fuqarolar karantinni oz uyida otaydi


Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan pandemiya davrida yolovchilarning aviaqatnovlar orqali Ozbekistonga kirib kelish tartiblari belgilandi. Unga kora, qizil, sariq hudud mamlakatlaridan kirib kelgan yolovchilar COVID-19 aniqlanmagani haqidagi test natijasini korsatishi va 14 kunlik majburiy uy karantiniga joylashishi shart, deya xabar bermoqda UzbekistanAirportsAJ mamuriyati.

Qayd etilishicha, belgilangan tartibga kora, qizil va sariq hududlardan Ozbekistonga kelishni rejalashtirayotgan yolovchilar aeroportda royxatdan otayotganda aviakompaniya vakiliga COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlanmaganligi haqidagi PZR testining rus yoki ingliz tilidagi natijasini taqdim etishlari talab etiladi. COVID-19 koronavirus infeksiyasi uchun topshirilgan natijasi manfiy deb topilgan PZR tahlil hujjati parvozdan oldin 72 soatdan kop bolmagan muddatda bolishi lozim.

Natijasi manfiy deb topilgan PZR test natijasi bolmagan yolovchi parvozga qoyilmaydi.

Ozbekistonga qizil hudud mamlakatlaridan kirib kelgan yolovchilar aeroportning uchib kelish terminalidagi pasport nazoratiga COVID-19 koronavirus infeksiyasi uchun topshirilgan PZR tahlil natijasi manfiy deb topilgan hujjatni va 14 kunlik majburiy uy karantiniga joylashish yuzasidan toldirilganmajburiyatnomanitaqdim etishlari shart.MajburiyatnomaOzbekiston fuqarolari uchun doimiy yashash manzili boyicha, chet el fuqarolari uchun vaqtincha yashash manzili boyicha toldiriladi.

Sariq hudud mamlakatlaridan Ozbekistonga kirib kelgan yolovchilar aeroportning uchib kelish terminalida xizmat vazifasini otayotgan pasport nazorati xodimlariga COVID-19 koronavirus infeksiyasi uchun topshirilgan PZR test natijasi manfiy deb topilgan hujjatni topshirishlari talab etiladi.

COVID-19 koronavirus infeksiyasi uchun topshirilgan PZR test natijasi manfiy deb topilgan hujjat yolovchilarda bolmasa, ular aeroport terminalining kirish qismida joylashgan namunalar oluvchi joyda oz hisoblaridan PZR test topshiradilar va 14 kunlik majburiy uy karantiniga joylashish yuzasidanmajburiyatnomanitoldiradilar. Song, toldirilganmajburiyatnomapasport nazorati xodimlariga topshiriladi.

Sariq va yashil hudud mamlakatlaridan qizil hudud mamlakatlari orqali kelgan tranzit yolovchilarga kirishga ruxsat beriladi. Mamlakatga kirib kelganda yolovchida COVID-19 koronavirus infeksiyasi uchun topshirilgan PZR test natijasi manfiy deb topilgan hujjat bolmasa, aeroport hududida yolovchi oz hisobidan PZR tahlil tekshiruvidan otkaziladi va 14 kunlik ozini izolyatsiya qilish yuzasidanmajburiyatnomaniham toldiradi.

Qizil hudud mamlakatlaridan sariq va yashil hudud mamlakatlari orqali kelgan tranzit yolovchiga Ozbekistonga kirishga ruxsat beriladi. Mamlakatga kirib kelganda yolovchida COVID-19 koronavirus infeksiyasi uchun topshirilgan PZR test natijasi manfiy deb topilgan hujjat bolmasa, aeroportning ozida yolovchining hisobidan PZR tekshiruvidan otkaziladi va 14 kunlik ozini izolyatsiya qilish yuzasidanmajburiyatnomanitoldiradi.

Ozbekistonga kirib kelgandan song, aeroportning uchib kelish terminalida yolovchida isitma yoki COVID-19ning boshqa alomatlari kuzatilsa, yolovchi tibbiy korikdan otkaziladi. Shuningdek, PZR test natijasi musbat bolsa, yolovchi davolanish uchun kasalxonaga joylashtiriladi.

Yashil hudud mamlakatlaridan Ozbekistonga kirib kelgan yolovchilarga nisbatan karantin tartiblari qollanilmaydi (kasallik alomatlari kuzatilgan yolovchilar bundan mustasno).

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (17-09-2020, 22:25)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
:
-
:
20 ... -