» » O‘zbekiston 1-oktabrdan boshlab barcha xalqaro avia, temiryo‘l va avtoyo‘l qatnovlarini tiklaydi

O‘zbekiston 1-oktabrdan boshlab barcha xalqaro avia, temiryo‘l va avtoyo‘l qatnovlarini tiklaydi


Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2020-yil 1-oktabrdan mavjud karantin va sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda O‘zbekiston Respublikasiga aviatsiya, temir yo‘l va avtoyo‘l o‘tkazish punktlari orqali kirib-chiqishga ruxsat beriladi. Bunda avval joriy qilingan cheklovlar bekor qilinadi.

Mas’ul idoralarga chet davlatlar mutasaddi idoralari bilan muzokaralar o‘tkazib, barcha turdagi xalqaro qatnovlar (avia, temiryo‘l, avtobus qatnovlari) sonini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berildi.

1-oktabrdan boshlab Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston va Afg‘oniston bilan chegarada joylashgan avtoyo‘l o‘tkazish punktlari orqali O‘zbekistonga kirayotgan shaxslar koronavirusga PZR yoki ekspress-test yoxud antigen tekshiruvidan o‘tgan holda 14 kunga mehmonxona yoki uy karantiniga yuboriladi.

Respublika maxsus komissiyasi qarori asosida, xorijiy davlatlardan avia, temiryo‘l va avtotransport vositasi orqali O‘zbekistonga keluvchi shaxslarni qabul qilishning yangi tartibi joriy etiladi.

Unga ko‘ra, so‘nggi 14 kun davomida “yashil” davlatda (Xitoy, Tailand, Malayziya, Janubiy Koreya, Gruziya, Vengriya, Finlandiya, Latviya, Avstriya va Yaponiya) bo‘lib turgan shaxslar O‘zbekiston hududiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kiritiladi.

“Sariq” (Ozarbayjon, Belarus, BAA va Yevropa Ittifoqi davlatlari, Buyuk Britaniya va Ispaniya bundan mustasno) hamda “qizil” davlatlardan (qolgan barcha davlatlar) kirib kelayotgan shaxslar so‘nggi 72 soat davomidagi koronavirusga PZR testi manfiy natijalari to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etgan holda O‘zbekiston hududiga kiritiladi.

Agar shaxs so‘nggi 72 soat ichida koronavirusga test topshirmagan bo‘lsa yoki shaxsda koronavirus infeksiyasining alomatlari (yo‘tal, isitma va b.q.) mavjud bo‘lsa, O‘zbekistonga kelganidan so‘ng o‘tkazish punkti (aeroport, vokzal yoki boshqa) hududida o‘z hisobidan koronavirusga PZR yoki ekspress-test yoxud antigen tekshiruvidan o‘tadi hamda O‘zbekiston hududiga kiritilib, 14 kunga mehmonxonaga yoki uy karantiniga yuboriladi.

O‘zbekistonga kelayotgan shaxslardan 14 kun davomida mehmonxonada yoki uy karantinida bo‘lish majburiyatini zimmasiga olish to‘g‘risida tilxat olinadi.

Tekshiruv natijalari musbat bo‘lgan taqdirda, shaxs belgilangan tartibda karantin markazi yoki xohishiga ko‘ra mehmonxonaga karantinga joylashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston kasallanish bilan bog‘liq birinchi holat aniqlanganidan keyin yopilishga qaror qilgandi. 16-martdan boshlab xorijiy davlatlar bilan barcha aviareyslar bekor qilingandi, avtotransport vositasida O‘zbekistonga kirish-chiqish to‘xtatilgandi. Doimiy temiryo‘l qatnovi ham to‘xtatilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 22:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют