» » Buxoroda jinoyat sodir etib, yashirinib yurgan shaxs Qashqadaryoda qo‘lga olindi

Buxoroda jinoyat sodir etib, yashirinib yurgan shaxs Qashqadaryoda qo‘lga olindi


Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida jinoyat sodir qilib, dastlabki sud tergovidan yashiringan va qochgan shaxs Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 2020-yilning iyul oyida Buxoro viloyat Ekologiya va atrofi-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan Olot tumani va Qashqadaryo viloyatining chegara massivlariga tutash manzillarda reyd o‘tkazilgan. Reyd davomida 30 yoshli qorako‘llik J.D.ning noqonuniy tarzda ikki bosh kiyik ovlagani aniqlangan.

“Qorako‘l tumani ‘Mirzoqal’a’ MFY fuqarosi J.D. bu xatti-harakati bilan Jinoyat kodeksining 202-moddasi 2- va 3-qismida (Hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan. Mazkur jinoyat ishi 2020-yilning 5-avgust kuni sudda ko‘rib chiqilishi belgilangan. Biroq, ayblanuvchi tegishli tartibda xabardor qilingan bo‘lishiga qaramasdan, sababsiz sudga kelmagan. Shundan so‘ng tuman sudi tomonidan fuqaro J.D.ni majburiy tartibda sud majlisiga keltirish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan”, — deydi Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumani sudi raisi Jalol Sadirov.

Fuqaroni yashash joyidan topish imkoni bo‘lmagach, 2020-yilning 27-avgust kuni fuqaro J.D.ga nisbatan qidiruv e’lon qilish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan.

Salkam ikki oy davomida Qorako‘l tuman IIB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan qidiruv natijasida yashirinib yurgan fuqaro Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidagi Qorabog‘ qishlog‘ida qo‘lga olingan.

J.D. Buxoro viloyatiga olib kelingan va 14-sentabrdan buyon Qorako‘l tuman IIBning vaqtinchalik saqlash hibsxonasida saqlanmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 23:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 64) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют