» » Buxoroning Qorako‘l tumanida yuz bergan YTH qurbonlari soni bir nafarga ko‘paydi

Buxoroning Qorako‘l tumanida yuz bergan YTH qurbonlari soni bir nafarga ko‘paydi


Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida 19-may kuni Nexia va Lacetti to‘qnashuvi oqibatida yana bir kishi vafot etdi. Bu haqda Tergov departamenti xabar bermoqda.

4R-76 yo‘lida yuz bergan YTH 31 yoshli Nexia haydovchisi M.J. amaldagi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqani oqibatida yuzaga kelgan. Nexia 39 yoshli N.T.ning boshqaruvida bo‘lgan Lacetti bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

YHXBB 20-may kuni bergan axborotida Nexia yo‘lovchisi bo‘lgan 19 yoshli Z.N. ismli qiz voqea joyida vafot etganini ma’lum qilgandi. Tergov departamentining ma’lum qilishicha, haydovchi M.J. shifoxonada vafot etgan.

Bundan tashqari, har ikki avtomashinadagi 6 nafar yo‘lovchidan 5 nafari og‘ir tan jarohati, bir nafari esa yengil tan jarohati olgan, ularning barchasiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qorako‘l tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют