» » Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rus tili sinflarining yopilgani sababli Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligiga nota yubordi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rus tili sinflarining yopilgani sababli Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligiga nota yubordi


Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligiga mamlakatda rus tili sinflarining yopilishi bilan bog‘liq vaziyatni tushuntirishni so‘rab nota yubordi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” xabar berdi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ma’lum qilinishicha, nota yangi o‘quv yili arafasida Ashxobodda rus tilida ta’lim beriladigan sinflar “sanitariya-gigiyena me’yorlariga amal qilish zarurati” sababli yopilgani munosabati bilan yuborilgan. Rossiyaning Ashxoboddagi elchixonasi Turkmaniston tomoniga bu masala bo‘yicha tushuntirish so‘rab murojaat qilgan, biroq murojaatga javob olinmagan.

“Ushbu muammo bo‘yicha bizga qilingan murojaatlar va jamoatchilikning mavjud vaziyatdan xavotirlanishi munosabati bilan biz Turkmaniston tomoni ikki mamlakat o‘rtasidagi an’anaviy do‘stona munosabatlar ruhida mamlakatda rus tilidagi ta’lim sohasining qisqarishiga yo‘l qo‘ymasligiga umid qilamiz”, — deyiladi Rossiya TIV bayonotida.

Nashrning yozishicha, 30-avgust kuni Ashxaboddagi 64-ixtisoslashtirilgan o‘rta maktab hovlisida rus tilida ta’lim beradigan bo’limning o‘quvchilari va ularning ota-onalari norozilik namoyishini o‘tkazgan. Bunga yangi o‘quv yili arafasida maktabning rus tilida ta’lim beradigan bo‘limining yopilgani, o‘qituvchilarning ishdan bo‘shatilgani va o‘quvchilarning tarqatib yuborilgani sabab bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, maktabga pora bermasdan kirish imkonsiz edi, poraning miqdori 1000-2000 dollarni tashkil etgan. Uning sobiq direktori Byashim Gaitnazarov maktabga kerakli miqdordagi pul olib kelganlarning hammasini qabul qilgan, natijada ta’lim muassasasi haddan tashqari to‘lib ketgan edi. Keyinchalik direktor hibsga olingan va tergov izolyatoriga joylashtirilgan, direktor u yerda o‘z joniga qasd qilgan.

Mavzuga doir: Koronavirus pandemiyasiga qaramasdan Turkmanistonda talabalar paxta terimiga jo‘natiladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 07:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют