» » Toshkent—Termiz xalqaro avtomobil yo‘liga sun’iy yoritish chiroqlari o‘rnatildi

Toshkent—Termiz xalqaro avtomobil yo‘liga sun’iy yoritish chiroqlari o‘rnatildi


Toshkent—Termiz yo‘nalishidagi M-39 xalqaro avtomobil yo‘li sun’iy yoritish chiroqlari bilan jihozlanmoqda, deya “Daryo”ga xabar beradi Toshkent viloyati IIB YHXB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyatida yil boshidan buyon sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisalarining 209 tasi sutkaning qorong‘i vaqtida, 141 tasi esa kech soat 19:00 dan tungi 24:00 gacha bo‘lgan ayni transportlar tig‘iz vaqtda, 68 tasi tungi soat 24:00 dan ertalabki 06:00 gacha sodir bo‘lgan.

Tunda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining 67 tasi yoki 32,3 foizi sun’iy yoritilmagan yo‘llarda sodir etilgan.

Masalaning ana shu tomonlarini inobatga olgan holda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mutaxassislari ko‘chalarni sun’iy yoritish chiroqlari bilan jihozlash orqali yo‘l-transport hodisalari sonini kamaytirishni rejalashtirib, bu yo‘nalishda bir qator ishlarni amalga oshirmoqda.

“Asosiy e’tibor M-39 Toshkent—Termiz xalqaro avtomobiliga qaratildi”, – deydi Toshkent viloyati IIBB YHXB yo‘l nazorati bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Erkin Rahmonberdiyev.

Rahmonberdiyevning ta’kidlashicha, hozirgi kungacha THAY unitar korxonasining 397-yo‘l ta’mirlash bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda M-39 Toshkent–Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining “Yangiyo‘l”, “Islohot”, “Mirzo Ulug‘bek” mahalla fuqarolari yig‘inlari hududidan o‘tgan 838, 842 va 845-kilometrlariga sun’iy yoritish chiroqlarini o‘rnatildi. Bu chiroqlar birinchi navbatda piyodalar xavfsizligini ta’minlashi qayd etilgan.

Avtomobil yo‘llarini yoritish ishlari bosqichma-bosqich, yo‘l-transport hodisalari tahlili asosida amalga oshiriladi. Yo‘llarning yoritilishi esa harakatlanish xavfsizligini ta’minlash ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 08:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют