» » Shota Arveladze: “OChLning keyingi ikki o‘yinida jamoamga ishonaman”

Shota Arveladze: “OChLning keyingi ikki o‘yinida jamoamga ishonaman”


“Paxtakor” bosh murabbiyi Shota Arveladze Osiyo Chempionlar Ligasi 4-turi doirasida “Al-Hilol”ga qarshi kechgan o‘yindan (0:0) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ikki turli bo‘limlarga guvoh bo‘ldik. Birinchi bo‘lim ko‘proq kutilganidek kechdi, jamoalar yaxshi harakat qildi. Vaziyatlar yaratishga urindik. Raqib to‘pni nazorat qilish, to‘g‘ri o‘ynashga intildi. Shogirdlarimga birinchi bo‘lim uchun minnatdorchilik bildiraman. Ikkinchi bo‘limda har ikki jamoa o‘yinchilari og‘irroq oyoq bilan o‘ynadi. Uch kunda o‘yin o‘tkazish rejimida bu oddiy holat. Futbolchilar ko‘p tavakkal qilishni istamadi.

Qisqa muddatli musobaqalarda ochkoni qo‘lga kiritish, keyingi o‘yin haqida o‘ylash ro‘y beradi. Yigitlarni ikki yaxshi o‘yin bilan tabriklayman. To‘p va sur’atni nazorat qildik, ammo ba’zida tajovuzkorlik yetishmadi. Zarbalar berish, to‘pni uzatishlar yetishmay qoldi. Jamoamga keyingi ikki o‘yinda ishonaman.

Syurprizlarni kuzatmadik. Biz nazarda tutgan holatlarni raqib ham e’tiborga oldi. Birinchi bo‘limda ancha ochiq o‘yin kechdi. Ikkinchi bo‘limning oxirgi 20 daqiqasida ochko va keyingi o‘yin to‘g‘risida o‘ylash boshlandi.

Shota Arveladze, “Paxtakor” bosh murabbiyi

“Paxtakor” 4-turdan keyin 7 ochko bilan ikkinchi o‘rinda ketmoqda. Jamoa keyingi turni 20-sentabrda “Shabob al-Ahli”ga qarshi o‘tkazadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 09:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют