» » Shota Arveladze: Chempionlar Ligasi darajasidagi musobaqalarda saviyali hakamlar bo‘lishi kerak

Shota Arveladze: Chempionlar Ligasi darajasidagi musobaqalarda saviyali hakamlar bo‘lishi kerak


“Paxtakor” bosh murabbiyi Shota Arveladze Osiyo Chempionlar Ligasi 3-turi doirasida “Al-Hilol”ga qarshi kechgan o‘yindan (1:2) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Bunday saviyali musobaqada biz futbolning o‘zi haqida gapirishimiz yaxshiroq bo‘lardi, chunki Osiyoning eng kuchli klubiga qarshi o‘ynadik. Qizil kartochka berilishidan avval to‘p oshirilganda o‘yindan tashqari holat bor edi. Shuningdek, bizning hujum paytida futbolchimizga nisbatan qo‘pollik ishlatilgandi. Kiyinish xonasida ularga qarash qiyin. Afsuski, bunday qo‘pol xatolar juda ham og‘riqli. Biz yana qaytamiz. Futboldagi odamlar esa kamroq xato qilishiga umid qilamiz. Ular qarorlarini o‘zgartirmoqda, oson follarni bermoqda. Kimdir ko‘rsatishi bilan qarorlari o‘zgarmoqda. Bunday darajadagi musobaqada yuqori saviyali hakamlar bo‘lishi kerak, ammo bu holat bizni xafa qildi.

Bunday darajadagi o‘yinlarda 3-4 imkoniyatdan foydalanib qolish kerak. Bunga intilish lozim. Lekin bu hali bizning eng yaxshi o‘yinimiz, eng yuqori darajamiz emas. Biz yaxshiroq o‘yin ko‘rsata olamiz.

Oldinga umid bilan boqamiz. Ishimiz futbolchilarni ruhlantirish. Endi bu tarix ekanligini ularga uqtiramiz. Bu o‘yin tugab bo‘ldi. Tezroq tiklanib, yigitlarga navbatdagi bellashuv haqida so‘ylaymiz. Oldinda uch bahs kutmoqda. Raqib haqida ma’lum xulosalarga egaman, ammo bu hozircha yon daftarchamda bitilgan. Buni yigitlarga aytaman. Keyingi bellashuvda biz o‘zimiz xohlagandek o‘ynashga harakat qilamiz.

Shota Arveladze, “Paxtakor” bosh murabbiyi

3-turdan so‘ng “Paxtakor” 6 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Uchta o‘yinda yuz foizlik natija qayd etgan “Al-Hilol” esa peshqadamga aylandi. “Paxtakor” 4-tur doirasida 17-sentabr kuni “Al-Hilol”ga qarshi javob bahsida qatnashadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 10:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют