» » Londonda yo‘lovchi va yuklarni tashishga mo‘ljallangan avtonom shahar transporti dizayni taqdim etildi (foto)

Londonda yo‘lovchi va yuklarni tashishga mo‘ljallangan avtonom shahar transporti dizayni taqdim etildi (foto)


Londonda aholi ko‘p istiqomat qiladigan shaharlarda transport vositasi sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan elektr energiyasida harakatlanuvchi avtonom avtomobilning klassik dizayn-loyihasi taqdim etildi, deb xabar beradi CARakoom.

Avtonom transport tizimlarini yaratish bilan shug‘ullanuvchi Dromos Technologies kompaniyasi Londondagi Priestmangoode dizayn-studiyasi uchun loyiha tanladi. Texnik topshiriqqa ko‘ra, innovatsiya, qulaylik, ta’mirbardosh va universal prinsiplariga javob beradigan xavfsiz, ishonchli va arzon transport vositasini yaratish kerak bo‘lgan.

Studiya o‘z loyihasini “hamyonbop minimalizm” deya izohlagan bo‘lib, unda ortiqcha elementlar yo‘qligi va har bir detal ma’lum bir maqsadga xizmat qilinishi ta’kidlagan. Konstruksiya shunday usulda yaratilganki, uni ishlab chiqarish yengil va samarali, shuningdek, xizmat ko‘rsatish oson va yo‘lovchilarga maksimal qulaylik taqdim etadi.

Transport vositasining asosini yo‘lovchi va yuklarni tashishga mo‘ljallangan ko‘p maqsadli avtomobil platformasi taqdim etadi. Shu bilan birga, interyer o‘zgarishi, ma’lum bir maqsadga moslashishi mumkin.

Avtomobil juda keng eshiklar va markaziy qismi tekis polga ega, bu esa uning ichiga kolyaska, velosipedlar yoki nogironlar aravachasini bemalol joylashtirishga imkon beradi. O‘rindiqlar ekologik toza materiallardan quyilgan, ularni tozalash oson. Dizaynerlar jamoasining ma’lum qilishicha, ranglar, materiallar va o‘rindiq qoplamalari yangi texnologiyalarni hisobga olgan holda yaratilmoqda.

Rejaga ko‘ra, bu kabi avtonom elektromobillar tarmog‘idan nafaqat yo‘lovchilarni, balki yuklarni ham tashish mumkin. Yopiq tizim yo‘lovchilar, atrof-muhit va iqtisodiyot uchun qator qulayliklarni taqdim etadi.

Bular kuniga 24 soat xizmat ko‘rsatish, istalgan joyda 100 kilometrgacha bo‘lgan radiusda to‘xtay olish, qisqa marshrut bilan belgilangan manzilga yetib olish, shuningdek, zararli chiqindilarning havo chiqarilmasligidir. Bu kabi elektromobillar boshqa jamoat transportlaridan ko‘ra yanada arzon va oddiy ko‘rinish kasb etadi.

Mavzuga doir: Shvetsiyalik muhandislar haydovchisiz boshqariladigan elektroshattlni taqdim etdi: U atrof-muhit uchun mutlaqo xavfsiz



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 09:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют