» » Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga yangi rektor tayinlandi

Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga yangi rektor tayinlandi


O‘zbekiston hukumatining tegishli qarori bilan Komiljon Karimov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining rektori etib tayinlandi, deb xabar beradi O‘zA.

Shu munosabat bilan Komiljon Karimov Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining rektori lavozimidan ozod qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Komiljon Karimov 2015-yilda Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetining yangi rektori etib tayinlangandi. Bunga qadar u YuNESKOda, O‘zbekiston ta’lim tizimida, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida ishlagan.

Abdujabbor Abduvohitovga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining rektori vazifasini bajarish yuklatilganligi bekor qilingan. Abdujabbor Abduvohitov 2018-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga rektor etib tayinlangandi.

Abduvohidov 2002—2011-yillarda Toshkentdagi Vestminster universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritgan. 2011—2012-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori bo‘lgan. So‘ngra Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga rektorlik qilgan.

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetiga esa Bahrom Mirqosimov rektor etib tayinlandi.

Bundan tashqari, hukumat qarori bilan Shuhrat  Teshayev Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi va boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Amrillo Inoyatov ushbu lavozimdan ozod qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Amrillo Inoyatov iyul oyida Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

Avvalroq Toshkent davlat stomatologiya institutiga yangi rektor tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga yangi rektor tayinlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 11:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют