» » “Paxtakor”ning yana bir futbolchisi “Energetik-BGU”ga yo‘l oldi

“Paxtakor”ning yana bir futbolchisi “Energetik-BGU”ga yo‘l oldi


“Paxtakor” yarim himoyachisi Humoyunmirzo Iminov faoliyatini Belarus chempionatida davom ettiradi.

“Energetik-BGU” 20 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi transferini e’lon qildi. Xabar qilinishicha, Iminov ijara asosida minskliklar klubida harakat qiladi.

Humoyunmirzo 2000-yilning 15-yanvarida Uzun tumanida tug‘ilgan. “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblangan futbolchisi “sherlar” safida 9 o‘yin o‘tkazgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Paxtakor” hujumchisi Jasur Yaxshiboyev “Energetik-BGU” safida ijara asosida to‘p surgandi. Keyinchalik Jasur Soligorskning “Shaxtyor” klubiga yo‘l oldi.

Shuningdek, “talabalar” safida ayni vaqtda o‘zbekistonlik yarim himoyachi Shahboz Umarov harakat qiladi. Umarov mavsum yakunida BATE safiga yo‘l oladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 11:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют