» » Video: Turkiyada yaratilgan uchar avtomobilning ilk sinovi

Video: Turkiyada yaratilgan uchar avtomobilning ilk sinovi


Istanbulda Baykar Defense kompaniyasi birinchi bor Turkiyada yaratilgan Cezeri uchar avtomobilini sinovdan o‘tkazdi, deb xabar beradi Global News.

Ta’kidlanishicha, Cezeri prototipi 10 metr balandlikka ko‘tarilgan. Biroq avtomobil takomillashtirilganidan so‘ng 2 ming metrgacha ko‘tarilib, soatiga 100 kilometr tezlikda harakatlana oladi.

Kompaniyadagilarning hisoblashicha, mashina 10-15 yildan so‘ng bozorda paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, keyingi sinovlarda uchar mashina bortida haydovchi bo‘ladi.

Avvalroq Yaponiyadagi SkyDrive startapining uchar qurilmasi ham deyarli tayyor bo‘lib, SD-03 nomli uchar avtomobil modeli muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan edi. Shuningdek, Isroilda ham uchar avtomobil prototipi yaratilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Video: 50 yildan keyin paydo bo‘ladigan haydovchisiz boshqariluvchi uchar avtomobil



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 13:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют