» » “O‘zdonmahsulot”: 2020-yil hosili uchun respublikamiz fermer xo‘jaliklarining 1,2 mln gektar yer maydoniga urug‘lik don qadaldi

“O‘zdonmahsulot”: 2020-yil hosili uchun respublikamiz fermer xo‘jaliklarining 1,2 mln gektar yer maydoniga urug‘lik don qadaldi


XIRMON TO‘LIB TO‘KILDI DON

Nonning ushog‘i ham non

Har qanday xalqning o‘z taomnomasi va unda asosiy o‘rinni egallaydigan yeguliklar bo‘ladi. Bolajon xalqimiz dasturxonidagi eng tansiq ne’mat nima deb so‘rasangiz, hech ikkilanmay uning markaziga nonni qo‘yish mumkin. Chindan ham bu tabarruk ne’matni hamisha qadrlab ko‘zga suramiz, uning ushog‘ini ham isrof qilmay e’zozlaymiz. Nonga nisbatan bunday insoniy munosabat bolaligimizdan qon-qonimizga singib ketgan.

Bugun bamisoli bir piyola suvdek qalqib turgan bezovta dunyoda oziq-ovqat, jumladan, nonga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan ham yuqori bo‘lib qolayotganini ko‘rib-bilib turibmiz. Aholi sonining muttasil ortishi, ekologik muvozanatning buzilishi, buning ustiga tabiiy resurslarning borgan sari qisqarishi bu ne’matlarning qadrini bir necha barobarga oshirib yubordi.

Shukrki, shunday murakkab bir sharoitda o‘z donimiz, o‘z nonimizga egamiz. Davlatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim omillardan biri bo‘lgan mo‘l-ko‘l g‘alla hosilini yetishtirish, un ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berish sohasida ishonchli tizim faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa o‘z navbatida xalqimiz dasturxonidagi ma’murlikka sabab bo‘layotir.

Imkoniyat, imtiyoz, natija

Sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabning ortayotgani xususida bejiz fikr bildirmadik. Ayniqsa, bugungi pandemiya sharoitida ayni holatni yana-da teranroq his qilyapmiz. Aslida shunday murakkab va oldindan prognoz qilish qiyin bo‘lgan beqaror vaziyatlarda tiriklik manbai - oziq-ovqatni g‘amlash, ertangi kundan ko‘ngilni to‘q qilish har bir oilaning tabiiy ehtiyojiga aylanadi. Endi bu fikrni yana-da rivojlantirib, ko‘pmillionli aholiga ega mamlakat misolida olib ko‘rsak-chi? Keling, shu o‘rinda raqamlarga e’tibor qarataylik.

2020-yil hosili uchun respublikamiz fermer xo‘jaliklarining 1,2 mln gektar yer maydoniga urug‘lik don qadaldi. Bu ish “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimi korxonalari tomonidan avans tariqasida, keyin to‘lab berish sharti bilan ularga tarqatilgan 316,1 ming tonna urug‘lik don hisobiga amalga oshirildi.

Bundan tashqari, fermer xo‘jaliklariga mo‘ljaldagi hosilni yetishtirishda zarur bo‘ladigan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishi uchun yoqilg‘i moylash materiallari, kimyoviy va mineral o‘g‘itlar sotib olishga davlatimiz tomonidan 3,4 trln. so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi. Albatta, taqdim etilgan bunday imkoniyat va imtiyoz o‘z samarasini berdi: respublikamiz bo‘yicha jami 6 mln. tonna yalpi hosil yetishtirishga erishildi.

Fermer xo‘jaliklari: ulush, don sifati

va narx siyosati

Ba’zida o‘zini fermer xo‘jaliklarining jonkuyari sifatida tutib, ularning go‘yoki “shartnomaviy qaramligi” va mahsulot narxini belgilashdagi “muammo”lar haqida bildirilgan mulohazalarga ko‘zimiz tushadi. Muayyan masalaga yechim izlaganda albatta uning mohiyatini chuqur anglash talab etiladi. Ayniqsa, biror sohani yaqindan o‘rganmay turib, ahamiyati va vazifasini tushunib yetmasdan uning faoliyatini faqat biryoqlama, noxolis baholash adolat mezonlariga to‘g‘ri kelmaydi.

Ba’zan ayrim mualliflarning internetdagi veb-sahifalar va ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini go‘yoki fermer xo‘jaliklarining jonkuyari sifatida taqdim etishga urinib, bot-bot “shartnomaviy qaramlik”, mahsulot narxini belgilashdagi “muammo”lar haqida jar solingan maqola va postlariga ko‘zimiz tushadi. Muayyan masalaga yechim izlaganda albatta uning mohiyatini chuqur anglash talab etiladi. Ayniqsa, biror sohani yaqindan o‘rganmay turib, ahamiyati va vazifasini tushunib yetmasdan uning faoliyatini faqat biryoqlama, noxolis baholash adolat mezonlariga to‘g‘ri kelmaydi.

Keling, yaxshisi mavzudan chalg‘imay, ba’zi raqamlarga e’tibor qarataylik. Joriy yil dehqonlarimiz tomonidan yetishtirilgan hosilning 2,9 mln. tonnasi (49 foizi) Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-iyundagi “2020-yil hosili uchun ekilgan boshoqli don hosilini o‘z vaqtida va sifatli o‘rib-yig‘ib olishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalar tomonidan belgilangan narxlarda davlat ehtiyojlari uchun xarid qilindi.

Albatta, yuqorida fermer xo‘jaliklari uchun berilayotgan ulkan imkoniyat (urug‘lik donning avans tariqasida berilishi) va imtiyozlar (yoqilg‘i moylash, kimyoviy va mineral o‘g‘itlar uchun atigi 10 foizli kredit!) xususida mulohaza yuritdik. Ana shu preferensiyalarni taqdim etish barobarida yetishtirilgan hosilning 3,1 mln. tonnasi (51 foizi) fermer xo‘jaliklari ixtiyorida qoldirildi. Bular shunchaki raqamlar emas, balki yerning haqiqiy egasi bo‘lgan dehqonning peshona teri evaziga topgan qo‘shimcha daromadidir. Va ayni paytda fermer xo‘jaliklari ixtiyorida qolgan bunday ulkan xirmonni ko‘rib ko‘rmaslikka olish, yurtimiz dehqonlari erishayotgan yutuqdan ko‘z yumish yumshoq qilib aytganda, insofdan emas.

Yana bir gap. Mamlakatimiz iqlim sharoiti yuqori sifatli don yetishtirish imkonini bermaydi. Bu ilmiy jihatdan isbotlangan va asoslangan haqiqat. Shundan kelib chiqqan holda joriy yil hisobidan yetishtirilgan donning 95,3 foizi 3 sinfga, atigi 4,7 foizi esa 4-5 sinflarga qabul qilindi.

Kezi kelganda mahsulot narxi haqida ham to‘xtalib o‘tsak. Keling, shu o‘rinda avvalambor, bitta savolga javob izlaymiz. Xo‘sh, “O‘zdonmahsulot” AK don mahsulotlariga narx belgilash vakolatiga egami? Albatta, yo‘q. Kompaniya bunday mas’uliyatli vakolatga ega emas. Davlat ehtiyojlari uchun don qabul qilish va uning sifatini aniqlash jarayonlari bevosita Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Davlat don inspetsiyasi hamda “O‘zstandart” agentligi mutaxassislari ishtirokida amalga oshiriladi. O‘zi umuman, davlatga donni xarid qilish nima uchun kerak? Biroz keskin va qat’iy qo‘yilgan bu savolga javobni quyidan izlaymiz.

Cheklovlar va barqarorlik

Qayd etish lozimki, pandemiya sharoitida qo‘shni davlatlar tomonidan don va un mahsulotlari eksportiga cheklovlar qo‘yildi. Ya’ni, eksportyor davlatlar tomonidan kiritilgan kvotalar tufayli mahalliy bozorga o‘tgan yillardagiga qaraganda kam miqdorda don va un kirib keldi. Buning natijasida ichki bozorda ushbu mahsulotlarning narxlari sezilarli darajada oshdi.

Yuzaga kelgan taqchillikning oldini olish maqsadida qisqa fursatda “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalar tomonidan qo‘shimcha quvvatlar ishga solindi. Bu esa o‘z natijasini uzoq kuttirgani yo‘q. O‘tgan yilning 8 oyi davomida 952,8 ming tonna un ishlab chiqarilgan bo‘lsa, joriy yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 1118,9 ming tonnaga yetkazildi. Boshqacha aytganda, o‘tgan yilgidan ko‘ra 166,1 ming tonna ko‘p un ishlab chiqarildi. O‘z vaqtida ko‘rilgan bu chora provardida ichki bozorda un mahsulotlari narxining keskin oshib ketishining oldini olishga xizmat qildi.

Yuqorida don sotib olish davlatga nima uchun kerak, degan savolni qo‘ygandik. Shu o‘rinda mazkur savolga javob berish mavridi keldi. Aynan davlat xaridlari uchun sotib olingan don hisobidan non ishlab chiqarish korxonalariga bug‘doy uni maqbul narxda taklif etilmoqda. Buning natijasida aholi uchun hamyonbop un va non mahsulotlari yetkazib berilmoqda. Misol uchun mamlakatimizda bir dona qolipli nonning narxi 1600-1700 so‘mni tashkil etyapti. Bu, hatto, g‘allani eksport qiladigan davlatlardagidagi non bahosidan ham bir necha barobar arzondir.

Yuqoridagilar shunchaki oddiy raqamlar yig‘indisi emas. Aynan ana shu barqaror narx aholining turli qatlamlari, ayniqsa, ko‘p bolali, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar, pensionerlar, talabalarning og‘irini oz bo‘lsa-da, yengillashtirish bilan birga ijtimoiy kayfiyatni shakllantirishda ham o‘z aksini topadi.

Illat bedavomi?

Modernizatsiya eng yaxshi yechim

Yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashishga davlat siyosati darajasida ahamiyat berilayotgani sir emas. Boisi hokimiyat va mansab vakolatini suiiste’mol qilish, o‘zlashtirish yoki rastarata yo‘li bilan talon-taroj qilish va boshqa salbiy illatlar tufayli davlat va jamiyat poydevoriga darz ketadi. Shaxsiy boylik orttirish yo‘lida har qanday pastkashlikdan qaytmaydigan nopok kimsalar esa barcha sohada ham uchrab turadi. Afsuski, tizimdagi ayrim korxonalar ham bundan mustasno emas. Holbuki, el rizqiga ko‘z olaytirish - unga xiyonat qilish bilan barobar va bunday kimsalar albatta qonunga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishi aniq. Biroq yurt nafratiga duchor bo‘lish hammasidan ko‘ra og‘irroq jazo.

“O‘zdonmahsulot” AK tizim korxonalarida turli soxtakorlik va korrupsion holatlarning oldini olish va ularni o‘z vaqtida bartaraf etish doimiy nazoratda. Ana shu maqsadda donni qabul qilish, saqlash va qayta ishlashda inson omilini cheklashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sohaga raqamli texnologiyalarni tatbiq etish va modernizatsiya tufayli bunga erishish ko‘zda tutilgan. Xususan, tizim korxonalari tasarrufida bo‘lgan don qabul qilish maskanlaridagi donni o‘lchaydigan eski mexanik avtomobil tarozilari zamonaviy elektron tarozilar bilan almashtirildi. Shaffoflikni ta’minlash maqsadida hamda hosil topshiruvchilar jarayonni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib-kuzatishlari uchun tarozixonalarda monitorlar o‘rnatildi.

Gapning indallosi

Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda don va un mahsulotlari tayyorlash hamda aholiga yetkazib berishga ixtisoslashgan, o‘ta muhim hayotiy ahamiyatga ega tizim yaratilgan. Respublikamiz aholisini sifatli va maqbul narxlardagi don mahsulotlari bilan ta’minlash bundan keyin ham “O‘zdonmahsulot” AKning bosh maqsadi bo‘lib qolaveradi. Zero, el-yurt dasturxonining to‘kinligi iqtisodiy faravonlik asosidir.

Norali OCHILOV, jurnalist

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 13:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют