» » Bir marta yoqilg‘i quyish orqali 1000 km yuradi: Mercedes-Benz vodorodda harakatlanuvchi yuk mashinasini yaratadi

Bir marta yoqilg‘i quyish orqali 1000 km yuradi: Mercedes-Benz vodorodda harakatlanuvchi yuk mashinasini yaratadi


Dailmer kompaniyasi yoqilg‘i elementlarida harakanatlandigan Mercedes-Benz GenH2 — ilk yuk mashina markasini taqdim etdi. Yangi mashina konsept ko‘rinishida bo‘lib, uni ishlab chiqarish mazkur o‘n yillikning o‘rtalaridan boshlanishi kutilmoqda, deb xabar beradi Motor.

Mercedes-Benz o‘zining yangi mashinasini og‘ir yuk tashuvchi sifatida tavsiflagan bo‘lib, u uzoq masofaga yuklarni tashishga mo‘ljallangan. GenH2’ning to‘liq massasi 40 tonnani tashkil etadi, yuk sig‘imi esa — 25 tonnaga teng bo‘lib, u an’anaviy ichki yonuv dvigatellarida harakatlanadigan Mercedes-Benz Actros yuk mashinasidan qolishmaydi.

GenH2’ni ikkita elektromotor harakatga keltiradi, ularning har biri 449 ot kuchiga teng bo‘lib, aylanuvchi momentlari soni 2071 Nmga teng.

Dvigatellar 300 kilovatt tizimli yoqilg‘i elementlari va akkumulyator energiyasi yordamida ishlaydi. Batareyalar “yoqilg‘i elementlari quvvatini ta’minlashga mo‘ljallangan: masalan, yuk ko‘p ortilganida yoki tog‘li yo‘llarda harakatlanganida”.

Suyuq vodorod uchun ikkita rezervuar ko‘zda tutilgan bo‘lib, ularning har biri 40 kilogrammli. Bu kabi hajm bir marta yoqilg‘i quyish orqali 1000 kilometr yo‘l bosishga yetadi.

Avvalroq Shvetsiyada elektr energiyasida harakatlanuvchi Volta Zero yuk mashinasi taqdim etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Tesla Semi haydovchisiz elektr yuk mashinasi ishlab chiqarishni yana kechiktirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 15:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют