» » Hind filmlaridagi yovuz qahramonlarning sohibjamol qizlari (foto)

Hind filmlaridagi yovuz qahramonlarning sohibjamol qizlari (foto)


Odatda hind filmlarini salbiy qahramonlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Aktyorlar filmlarda hamisha salbiy obrazda namoyon bo‘lgan bo‘lsa-da, hayotda ularning barchasi ham oqko‘ngil, samimiy insonlardir. Quyida aktyorlarning qizlari ham otasining izidan borayotganiga guvoh bo‘lish mumkin.

Namrata Puri – Amrish Purining qizi

Amrish Puri nafaqat o‘z davrining, balki yosh avlod xotirasida ham muhrlanib qolgan eng yaxshi salbiy rollar ijrochilardan biri. Uning mukammal tarzda ijro etgan salbiy obrazlari hind kinosi tarixida abadiy qolishi shubhasiz. Aktyorning qizi Namrata Puri liboslar bo‘yicha dizayner.

Shradxa Kapur – Shakti Kapurning qizi

Sharddxa Kapur bugungi kundagi mashhur aktrisalardan biri. Salbiy hamda ijobiy obrazlari orqali tanilgan aktyor Shakti Kapur o‘z mahoratini qizi Sharddxaga meros qilib qoldirgan.

Axlam Xon – Amjad Xonning qizi

Amjad Xon “Qasos va qonun” filmidagi Gabbar Singx obrazi orqali barchaning yodida saqlanib qolgan. Bundan tashqari, aktyor yana bir qancha filmlarda salbiy obrazlarda namoyon bo‘lgan. Aktyorning mahoratli va juda go‘zal Axlam Xon ismli qizi bor. U kinolarda ham rol ijro etishi mumkin edi, ammo aktrisa teatr sahnasini tanladi va spektakllarda rol ijro etmoqda.

Ritu Shivpuri – Om Shivpurining qizi

Om Shivpuri 200 ga yaqin filmda faqatgina salbiy obrazlarda namoyon bo‘lgan. Uning qizi Ritu ham otasining izidan yurdi. Bir necha filmlarda o‘z mahoratini sinab ko‘rayotgan aktrisa ayni damda televideniya va seriallarda rol ijro etmoqda.

Manjari va Vinati – Mak Moxanning qizlari

Mak Moxan Bollivudning eng mashhur aktyorlaridan biri. Ko‘pchilik uni “Qasos va qonun” filmidagi salbiy xarakterdagi qahramon ? Sambxi roli bilan eslaydi. Uning ikki go‘zal qizlari – Manjari va Vinatini tez orada “Sahro delfini” filmida ko‘rishi mumkin.

Pema Denzongpa – Denni Denzongpaning qizi

Pema – Bollivudning afsonaviy aktyori, bir-biridan ajoyib obrazlar egasi Denni Denzongpining qizi. Pema e’tiborga tushishni xohlamaydi, shuning uchun ham u haqida ma’lumotlar biroz kam. Fransuz tilida ravon so‘zlasha oladigan Pema London telekommunikatsiya kollejini tamomlagan hamda kompyuter grafikasi bo‘yicha imtiyozli diplomga ega.

Divyanka Bedi – Ranjitning qizi

O‘tgan asrning 70?80 yillarida ko‘plab salbiy qahramonlar rolini ijro etgan mahoratli aktyor. Uning qizi Divyanka Bedi mashhur modelyer.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 15:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют