» » YETTB’ning yangi kredit liniyasi pandemiya sharoitida kichik biznesga yordam beradi

YETTB’ning yangi kredit liniyasi pandemiya sharoitida kichik biznesga yordam beradi


“Asaka” aksiyadorlik-tijorat banki Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 50 million dollar miqdoridagi mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha strategik ahamiyatga ega bo‘lgan bitimni imzoladi. Ushbu kredit liniyasi mahalliy valyutada ko‘rsatiladi.

Yig‘ilgan mablag‘lar iqtisodiy inqiroz paytida zarar ko‘rgan mikro va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi va pandemiyaning O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlariga salbiy ta’sirini kamaytirishga yo‘naltiriladi. Ushbu kredit liniyasi bank mijozlariga, shu jumladan eksportyor korxonalarga aylanma mablag‘larni to‘ldirishga taqdim etiladi.

“YETTB bir necha yillardan buyon Asaka banki bilan ko‘plab sohalarda hamkorlik qilib kelmoqda. Asosiy e’tibor iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlarini moliyalashtirishga moliyalashtirishga qaratilgan. “Asaka” bank 2019-yil sentyabr oyida YETTB ning savdoga ko‘maklashish dasturiga a’zo bo‘lgan edi va qisqa vaqt ichida u 2019-yil natijalariga ko‘ra “O‘zbekistondagi eng faol emitent bank” mukofotiga sazovor bo‘ldi . Ushbu bitim samarali hamkorlikning davomi bo‘lib, YETBB uchun O‘zbekistondagi muhim ahamiyatga ega kelishuvlardan biri bo‘ldi. Biz shunday qiyin davrda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va pandemiyaning mamlakat korxonalari faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatishda o‘z xissamizni qo‘sha olishimizdan mamnunmiz” – deydi dedi YETBB ning moliya institutlari va Markaziy Osiyo bo‘yicha rahbari Shamsiyev Jahongir.

Intervyu - A.Mirziyayev: (Bank boshqaruvchi direktor - Tashqi iqtisodiy faoliyat departamenti boshlig‘i) - “Bugun imzolangan bitim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5996-sonli “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar doirasida amalga oshirildi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan jalb qilingan mablag‘lar “Asaka” bank tomonidan taqdim etilayotgan kredit mahsulotlarining yanada qulayligini oshiradi. Bilamizki, pandemiya davrida mikro va kichik biznes yo‘nalishi iqtisodiyotning eng zaif sohalaridan biriga aylandi, shu sababli, bugun jalb qilingan mablag‘lar aynan shu sohalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Natijada mahalliy biznesni yanada faol qo‘llab-quvvatlash, eksportni kengaytirish va xalqaro bozorlarga chiqish imkoni yaratiladi”

YETTB va Asaka banki o‘rtasidagi hamkorlik ko‘plab yo‘nalishlarni o‘z ichiga qamrab oladi va kredit resurslarini jalb qilish bilan cheklanmaydi. Tomonlar, shuningdek, zamonaviy bank amaliyotini tatbiq etish va savdoni moliyalashtirish vositalaridan, shu jumladan eksport va importdan keyingi savdo operatsiyalaridan foydalanishda hamkorlik qilib kelmoqdalar. Bundan tashqari, YETTB “Asaka” bankinining privatizatsiya jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish ustida xam ish olib bormoqda.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 16:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют