» » Nurmat Otabekov: Sanitayzer-dispenserlar juda katta olamshumul yangilik emas

Nurmat Otabekov: Sanitayzer-dispenserlar juda katta olamshumul yangilik emas


Respublika maxsus komissiyasi va Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov sanitayzer-dispenserlar nima ekanligi va qanday maqsadlarda foydalanilishi borasidagi savolga aniqlik kiritib o‘tdi.

Sanitayzer-dispenserlar haqida siz va biz ma’lumotga egamiz. Negadir keyingi paytlarda ba’zi bir axborot vositalarida bunga boshqacharoq, ya’ni sanitayzer-dispanser, degan nom bilan qaralyapti. Sanitayzer-dispenserlar qo‘llarni zararsizlantirish uchun mo‘ljallangan moslama, uning ichida dezinfeksion vositalar, gellar, spirtli eritmalar, efir moylari bo‘lishi mumkin. U alohida moslama bo‘lib, qo‘lni uning maxsus joyiga qo‘yganda u yerdagi sensorlar bu haqda axborot beradi va katta bosim ostida qo‘lga dezinfeksion vositalar sepiladi. Bu juda katta olamshumul bir yangilik emas. Faqat biz ishlatib kelayotgan sanitayzerlarni avtomatlashgan, sensorli vositasi. Shu bilan birgalikda, JSST sanitayzer-dispenserlarni muomalaga kiritish to‘g‘risida tavsiyalarini e’lon qildi.

Demak, bu kabi moslamalar u yoki bu binolarning kirish joylarida o‘rnatiladigan bo‘lsa, JSST tavsiyasiga ko‘ra, bir paytning o‘zida o‘sha joylarda doka niqoblarni ham tarqatish hamda masofadan haroratni o‘lchash tizimi ham bo‘lishi kerak. Ba’zi bir sanitayzer-dispenserlar tarkibida bu kabi moslamalar o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Bunday mukammal moslamalar jahon tajribasida ham qo‘llaniladi.

Nurmat Otabekov, Respublika maxsus komissiyasi va Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi 

Ma’lumot uchun, sanitayzer-dispenser qo‘llarni zararsizlantirish uchun ishlatiladigan antiseptik-dezinfeksiya vositasi bo‘lib, qo‘l yuvish uchun sovun va suv bo‘lmaydigan joylarda elementar qo‘l gigiyenasiga rioya etish uchun mo‘ljallangan moslama.

Eslatib o‘tamiz, koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan binolar va boshqa obyektlarga kirishda dezinfeksiya tunnellaridan foydalanish taqiqlangan, binolar kirish qismida tashkil qilish uchun qulay joyda teri uchun antiseptik eritmalari bo‘lgan sanitayzer-dispanser qurilmalari o‘rnatish amaliyoti joriy etilishi,ular bo‘yicha mas’uliyat va javobgarlik muassasa va tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmasida bo‘lishi aytilgan. 

Avvalroq 6-sentabr kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati dezinfeksiya tunnellari koronavirusga qarshi kurashda eng foydasiz chora ekanligi haqida xabar bergan edi. Vazirlik Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, professor Ilmira Roziqovaning so‘zlariga tayanib, dezinfeksiya tunnellarini metro yoki boshqa muassasa binolari oldida o‘rnatish shart emasligi haqida yozgan. Oradan bir kun o‘tib SSV vakili dezinfeksiya tunnellaridan foydalanishda davom etish kerakligini ta’kidlagandi.

Iyul oyi boshlarida esa Germaniyaning yetakchi virusologlaridan biri, Bonn universiteti Virusologiya va OIVni tadqiq qilish instituti direktori, professor Hendrik Shtrik dezinfeksiyalash uchun mo‘ljallangan tunnellar COVID-19 koronavirus infeksiyasidan himoya qila olmasligi, ammo ular rotavirus va boshqa kontaktli infeksiyalardan himoya qilishini aytgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 17:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют