» » O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun yana 35 nafar rossiyalik mutaxassis keladi

O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun yana 35 nafar rossiyalik mutaxassis keladi


Koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun 40 nafarga yaqin rossiyalik shifokor 1 oy davomida O‘zbekistonda bo‘lgandi. SSVning xabar berishicha, shu maqsadda Rossiyadan yana bir guruh tibbiyot xodimlari kelmoqda.

Ushbu guruh 35 nafar tibbiyot xodimidan iborat bo‘lib, Rossiyaning eng nufuzli epidemiolog, pulmonolog, anesteziolog-reanimatolog, infeksionist, rentgenolog, terapevt, jarrohlar, laborator diagnostika mutaxassislari hamda anestezist hamshiralarini jam qilgan.

Guruhga tibbiyot fanlari doktori Konstantin Pokrovskiy rahbarlik qiladi.

Vazirlik xabarida qayd etilishicha, ushbu mutaxassislar 18-sentabr kuni O‘zbekistonga uchib kelishi kutilmoqda. Guruh a’zolari mamlakatning turli hududlaridagi tibbiyot muassasalarida bo‘lib, shifokorlar bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga shu vaqtgacha koronavirusga qarshi kurashda yordam berishda rossiyalik shifokorlardan tashqari koreyalik professor — epidemiolog Soy Chje Uk, yana bir koreyalik anesteziolog-reanimatolog, 15 nafar xitoylik shifokor va tibbiyot mutaxassisidan iborat guruh, bir qancha turkiyalik mutaxassislar, Germaniyaning yetakchi tibbiyot mutaxassislaridan bo‘lmish professor Verner Ber faoliyat yuritgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 18:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют