» » Koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun O‘zbekistonga 16 nafar turkiyalik shifokor keladi

Koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun O‘zbekistonga 16 nafar turkiyalik shifokor keladi


Koronavirusga qarshi kurashda ko‘maklashish uchun bir guruh turkiyalik mutaxassislar O‘zbekistonga kelmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, 27-avgust kuni Turkiyadan 16 nafar mutaxassisdan iborat tibbiy guruh koronavirusga qarshi kurashda o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish va tajriba almashish uchun tashrif buyuradi.

Turkiyalik shifokorlar tashrif davomida o‘zbekistonlik shifokorlar bilan birgalikda mamlakatning qator hududlaridagi ixtisoslashgan shifoxonalar, tibbiy markaz va laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishish, kornovirusga chalingan bemorlarni davolashda faol ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga Germaniya va Xitoydan 10 nafardan tajribali mutaxassisdan iborat tibbiy guruhlar kelgandi. Ular O‘zbekistondagi hududlarda bo‘lib, koronavirus epidemiyasi bilan bog‘liq vaziyatni o‘rgandi.

O‘zbekistonga shu vaqtgacha koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun 15 nafar xitoylik shifokor va tibbiyot mutaxassisidan iborat guruh, tarkibida anesteziolog, reanimatolog, yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis, epidemiolog, terapevt va kardiolog bor 40 nafar rossiyalik shifokor kelgan bo‘lsa, mart oyining oxiridan boshlab O‘zbekistonda koreyalik professor — epidemiolog Soy Chje Uk, yana bir koreyalik anesteziolog-reanimatolog, bir qancha turkiyalik mutaxassislar, Germaniyaning yetakchi tibbiyot mutaxassislaridan bo‘lmish professor Verner Ber faoliyat yuritgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 19:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 114) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют