» » Nurmat Otabekov: Karantin falonchi sanada qaytar ekan, degan fikrni aylantirgandan kora cheklovlarga jiddiy etiborda bolish kerak

Nurmat Otabekov: Karantin falonchi sanada qaytar ekan, degan fikrni aylantirgandan kora cheklovlarga jiddiy etiborda bolish kerak


Respublika maxsus komissiyasi va Koronavirusga qarshi kurash shtabi azosi Nurmat Otabekov 15-oktabrdan karantin tadbirlari qaytadan kuchaytirilishi, cheklov tadbirlari keskinlashishi borasidagi gap-sozlarga aniqlik kiritdi.

Mavzuga doir:Ozbekistonda karantin choralari qayta joriy etiladimi? Mutaxassis javobi

Karantin falonchi sanada yoki mana bu kuni bolar ekan, degan fikrni aylantirgandan kora ozimiz karantin va cheklov tadbirlariga, profilaktik tadbirlar, tibbiyot xodimlari tavsiyalariga nechoglik rioya etayotganligimizga jiddiy etiborda bolishimiz kerak. Har qanday holatda ham qandaydir qaror qabul qilish uchun epidemik vaziyatga qaraladi, vaziyat jilovi qolda ekan, demak, karantin va cheklov tadbirlarini keskin kuchaytirish va qattiqlashtirishga asos qolmaydi, deydi mutaxassis.

Birinchidan, karantin tadbirlarini aynan mana shu kundan kuchaytirishga asos boladigan birorta sababning ozi yoq. Qolaversa, koronavirus kasalligi bilan shugullanish barobarida Ozbekistonda tizim yaratildi. Sogliqni saqlash tizimi yetarli miqdorda dori-darmonlar, test-sistemalar, asbob-anjomlar, shifo orinlari, himoya va dezinfeksion vositalar bilan yetarli miqdorda taminlandi. COVID-19 bilan kurashishda davlatimiz tibbiyot xodimlari xorijiy hamkasblari bilan muntazam aloqa ornatdi va ilgor xalqaro tajribalarni respublikamiz tibbiyot amaliyotiga tadbiq etish imkoniyati yaratildi.

Ikkinchidan, fuqarolarning ozini va yaqinlarining sogligini saqlash uchun karantin qoidalariga qatiy rioya qilishda davom etishi asosiy orin egallaydi. Respublikada karantin bekor qilingani yoq, u yumshatilgan, xolos. Bu davrda yol qoyilgan masuliyatsizlik, ushbu kasallikga chalinish ehtimolini oshiribgina qolmasdan, bazi yondosh kasalligi bor odamlarda ogir kechib, hatto olimga ham olib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak.

Odamlar gavjum boladigan joylarda (istirohat boglari, dam olish maskanlari, mahalla, kochalar, savdo, transport va h.k) aholi tomonidan shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalarini buzilishi holatlariga barham berish boyicha kengaytirilgan tushuntirish va nazorat tadbirlarini davom ettirish, belgilangan talablarni buzgan shaxslarga murosasiz bolishimiz kerak.

Bu kabi qoidalarning buzilishiga yol qoygan yoki unga rioya etmayotgan odamlarga nisbatan murosasizlikni namoyish etishimiz kerak. Bu kabi holatlarning oldini olish boyicha jamoatchilik nazoratini yolga qoyishimiz kerak. Bir-birimizga tanbeh berish, aytaylik, niqobni togri taqib yurishni tushuntirish kabilarni doim aytishimiz kerak. Agar biz sanitariya qonun-qoidalarini buzgan har bitta shaxslarga nisbatan chorani faqat nazorat organlari koradi, deydigan bolsak, bu katta xato boladi. Biz bunday holatlarda bir-birimizga ozgina tanbeh berish, qilayotgan xatosi xavfini tushuntirish kabilar bilan shugullanishimiz kerak.

Nurmat Otabekov,Respublika maxsus komissiyasi va Koronavirusga qarshi kurash shtabi azosi

Eslatib otamiz, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan Ozbekistonda 15-avgustdan boshlab karantin cheklovlari bosqichma-bosqichyumshatilgan.Xususan, avtomobillarningkun davomida harakatlanishiga, mahalliy avia va temiryol qatnoviga, xususiy bogcha va maktablar faoliyatiga, 30 kishiliktoylarni otkazishgaruxsat berilgan. 17-avgustdan viloyatlar ortasida avtotransport qatnovi hamda jamoat transporti (metropolitendan tashqari) va shahar atrofidagi avtobus qatnovi tiklanadi, masjidlar qayta ochildi. 20-avgustdan buyum bozorlari va savdo majmualariqayta ishga tushdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (18-09-2020, 20:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
:
-
:
20 ... -