» » Toni Fergyuson UFC 254 musobaqasida jang qilmaydi

Toni Fergyuson UFC 254 musobaqasida jang qilmaydi


Yengil vazn toifasida harakat qiluvchi UFC jangchisi Toni Fergyuson UFC 254 musobaqasida ishtirok etmaydi.

Bu haqida promoushen prezidenti Deyna Uayt ma’lum qildi.

“Tonining jamoasi bizning so‘rovlarga javob bermadi. Qo‘ng‘iroq qilgan vaqtim jangga tayyor ekanligingni aytsang, o‘shanda jangni tashkil qilamiz. Agar unday bo‘lmasa, muammo yo‘q.

Men hech qachon jang qilishga majburlamayman. Mushtlashishni istamaysanmi? Biz davom etamiz va boshqa janglarni tashkil qilamiz”, — deydi Uayt.

Eslatib o‘tamiz, 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan UFC 254 musobaqasida Toni Fergyuson va Dastin Porye o‘rtasida jang o‘tkazilishi rejalashtirilgandi. Keyinroq Porye gonorar borasida kelisha olmay, jangdan bosh tortdi.

Toni Fergyuson ijrosidagi eng sara nokautlarni tomosha qiling (video)

Avvalroq Uayt raqib almashgani bilan Toni mazkur musobaqada ishtirok etishini va unga boshqa raqib berilishini aytgandi. Ammo Fergyuson ham jangdan bosh tortgan.

BAAdagi “Jangchilar oroli”da bo‘lib o‘tadigan UFC 254 kechasining asosiy jangi yengli vazn chempioni Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘rtasida kechadi.

Mavzuga doir: “Ikki amaldagi chempion, to‘rt sobiq chempion”. Habib Nurmagomedov UFC 254 uchun super to‘qnashuvlarga ega kard taklif qildi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 20:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют