» » Dastin Porye va Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang qachon bo‘lishi mumkinligi aytildi

Dastin Porye va Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang qachon bo‘lishi mumkinligi aytildi


Yengil vazn toifasida harakat qiluvchi UFC jangchilari Dastin Porye va Toni Fergyuson ishtirokidagi jang 24-oktabr kungi Abu-Dabi mezbonlik qiladigan UFC 254 musobaqasida o‘tkazilishi mumkin.

UFC prezidenti Deyna Uaytdan mazkur xabar haqiqatga qay darajada yaqinligi so‘raldi. Funksioner bunga “bo‘lishi mumkin”, deya javob qaytargan.

Eslatib o‘tamiz, UFC 254 musobaqasining asosiy jangi yengil divizion chempioni Habib Nurmagomedov va vaqtinchalik chempion Jastin Getji o‘rtasida kechadi.

Jastin avvalroq Fergyusonni mag‘lub etgan holda yengil vazn toifasi chempioniga qarshi jang qilish uchun asosiy da’vogarga aylangandi.

Avvalroq Tonining keyingi raqibi Dastin Porye bo‘lishi xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют