» » 2017-yil birinchi choragida Toshkentning yalpi hududiy mahsulot hajmi 109 foizga oshdi

2017-yil birinchi choragida Toshkentning yalpi hududiy mahsulot hajmi 109 foizga oshdi


2017-yil 27-aprel kuni Toshkent shahar faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Toshkent shahar hokimi R.Usmanov olib bordi, deb xabar berdi Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati.

Unda 2017-yilning birinchi choragida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va belgilangan vazifalarni amalga oshirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda yilning birinchi chorak yakunlari bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 108,9 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 111,0 foizga, iste’mol mollari ishlab chiqarish 106,8 foizga, asosiy kapital investitsiyalar 115,6 foizga, pudrat-qurilish ishlari 109,8 foizga, chakana savdo aylanmasi 110,6 foizga, xizmatlar 113,3 foizga o‘sishi ta’minlanganligi ta’kidlandi.

Majlisda 2017-yilgi Investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlarni qurish, modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish yuzasidan buyurtmachilar va qurilish tashkilotlari o‘rtasida pudrat shartnomalari tuzishning holati, uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyati samaradorligini oshirish, ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi hamda obodonlashtirish tadbirlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Tabiiy gaz, elektr va boshqa kommunal sohalardagi mavjud kreditorlik va debitorlik qarzlarni tugatish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, korxonalarning barqaror moliyaviy ahvolini ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Sog‘liqni saqlash sohasidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, tez va shoshilinch tibbiy yordamning sifatini oshirish, aholini maqbul narxlardagi dori vositalari bilan ta’minlash hamda ta’lim muassasalari faoliyatidagi mavjud kamchiliklar tahlil qilindi.

Fuqarolar tomonidan berilgan ariza va murojaatlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda tumanlar va boshqarmalarda ijro intizomini yanada mustahkamlash choralari ko‘rildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-05-2017, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют