» » Toshkentda uch oyda 13,3 mingta yangi ish o‘rni yaratildi

Toshkentda uch oyda 13,3 mingta yangi ish o‘rni yaratildi


2017-yil 27-aprel kuni Toshkent shahar faollari yig‘ilishida poytaxtda joriy yilning birinchi choragida 13 297 ta yangi ish o‘rni yaratilgani ma’lum qilindi, deb xabar berdi Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati.

Bandlik dasturiga asosan yaratilgan ushbu yangi ish o‘rinlaridan 6 285 tasi kichik biznes subyektlarida ekani qayd etildi.

Bundan tashqari, bugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimida 1 500 dan ortiq bo‘sh vakant o‘rin borligi aniqlandi. Hozirda 380 nafar kollej bitiruvchisi bilan to‘rt tomonlama, 143 nafar oliy ma’lumotli shifokor bilan uch tomonlama shartnomalar tuzildi. Mahallalar tomonidan yuborilgan 163 nafar fuqaroning 140 nafari ishga qabul qilindi.

“2016—2018-yillarda Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi” doirasida olib borilgan ishlar natijasida 2017-yilda 2 088 ta loyihani ishga tushirish belgilangan bo‘lib, 29 042 ta ish o‘rni tashkil etish va jami 263,7 million dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilishi rejalashtirilmoqda.

Tadbirda ushbu dastur doirasida birinchi chorakda 377 ta loyihani amalga oshirish belgilanganligi, amalda esa 472 ta loyiha ishga tushirilib, 5436 ta qo‘shimcha ish o‘rni tashkil etilgani ta’kidlandi.

Опубликовано: admin (30-04-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют