» » O‘zbekistonda ichimlik suvi ta’minoti hamda kanalizatsiya tizimidagi loyihalar va tariflar mahalliy kengashlar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi

O‘zbekistonda ichimlik suvi ta’minoti hamda kanalizatsiya tizimidagi loyihalar va tariflar mahalliy kengashlar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 18-sentabr kuni ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini takomillashtirish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2020-yil 17-iyul kuni o‘tgan videoselektor yig‘ilishida kommunal sohadagi muammolar muhokama qilinib, ishni yangicha tartibda tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan edi.

Shunga muvofiq, ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimidagi loyihalarni tayyorlash, amalga oshirish va monitoring qilish, shuningdek, tariflarni belgilashni mahalliy kengashlar bilan kelishish tartibi joriy qilinmoqda.

Misol uchun, Olmaliqdagi ichimlik suvi ta’minoti korxonasiga qarashli 52 ta nasos yangilanishi natijasida korxonaning umumiy xarajati 22 foizga, elektr energiyasi sarfi 2 baravarga qisqargan. Shahar aholisi sifatli ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlanmoqda. Xuddi shuningdek, so‘nggi 3 yilda amalga oshirilgan loyihalar natijasida Guliston shahrining ichimlik suvi ta’minoti masalasi ham to‘la hal bo‘ldi.

Yig‘ilishda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga ushbu tajriba asosida kelgusi yil uchun mo‘ljallangan 28 ta yangi loyihani mahalliy kengashlar bilan kelishish vazifasi qo‘yildi. Shuningdek, joriy yilda yakuniga yetkaziladigan 360 ta loyihani qabul qilib olish bo‘yicha topshiriq berildi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, qariyb 2 mingta aholi punktiga markazlashgan suv yetkazib berish texnik jihatdan ham, iqtisodiy jihatdan ham maqsadga muvofiq emas. Shu bois bunday hududlarni xususiy sektor orqali suv bilan ta’minlash ma’qul kelmoqda.

Misol uchun, O‘zbekiston tumanida ijtimoiy sheriklik asosida quduq ishga tushirilib, 6 ta uzoq qishloqdagi 11 ming aholi ichimlik suvi bilan ta’minlangan edi. Bunga ketgan xarajatlar 2 yilda o‘zini qopladi. Shuningdek, Amudaryo tumanida 8 ta suv tozalash shoxobchasi qurilib, 5 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladigan 7 ta mahalla toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Loyiha 3 yilda o‘zini oqlaydi.

Ta’kidlanishicha, bu tizimning qulayligi shundaki, ichimlik suvi obyektlari qurish va uskunalar xarid qilish uchun xususiy sektorga kredit berilib, uning 14 foizidan yuqori qismiga davlat tomonidan subsidiya ajratiladi. Bugungi kunda ko‘plab tadbirkorlar shunday loyihalarda ishtirok etish istagini bildirmoqda.

Yig‘ilishda mamlakat bo‘ylab 27 ta tumanda ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlari tanqid qilindi. Mavjud 70 ming kilometr suv quvurlarining 32 foizi eskirgan. Oqibatda ulardagi yo‘qotishlar darajasi 40—50 foizni tashkil etmoqda. Bu yiliga qariyb 500 million kub metr suv yoki o‘rtacha 300 milliard so‘m degani. Bundan tashqari, joylardagi nasos uskunalari va maxsus texnikalar ham ta’mirtalab bo‘lib qolgan.

Shu bois 2021-yildan investitsiya dasturlarida sohaga ajratilayotgan mablag‘ning 10 foizini suv obyektlariga energiya tejovchi uskunalar o‘rnatish hamda maxsus texnikalar xarid qilish uchun yo‘naltirish zarurligi ta’kidlandi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev 2020-yil oxirigacha 2,5 mln iste’molchini ichimlik suvi tarmog‘iga ulash bo‘yicha topshiriq berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 21:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют