» » “Direktor o‘zini hojatxona boloriga osgan”. Bosh prokuratura qashqadaryolik direktorning o‘limi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi

“Direktor o‘zini hojatxona boloriga osgan”. Bosh prokuratura qashqadaryolik direktorning o‘limi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi


Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi 13-maktab direktori T.N. o‘zini maktab hojatxonasining boloriga osishi oqibatida vafot etgan. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura axborot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Kitob tumanining “Bog‘bon” MFY, Yangiqishloq qishlog‘ida yashovchi fuqaro L.E. va boshqalar 2020-yil 8-sentabr kuni Kitob tuman prokuraturasiga murojaat qilib, jiyani T.N. o‘z joniga qasd qilganligini aytgan va aybdorlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Murojaat prokuraturada qayd etilib, hodisa joyi ko‘zdan kechirilgan. Aniqlanishicha, direktor o‘zi rahbarlik qilib kelgan maktabning ma’muriy binosi hojatxonasi boloriga arqondan sirtmoq yasab, o‘zini-o‘zi osib, vafot etgan.

Tuman IIB xodimlari T.N.ning o‘limi holatini aniqlash maqsadida marhumning uyiga borganida, marhumning qarindoshlari murdani sud-tibbiyot ekspertizasi ko‘rigidan o‘tkazmaslik uchun uni yurak xurujidan vafot etgan, degan va jasadni shu kunning o‘zida dafn qilgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida tuman XTB, tuman IIB hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash markazining Kitob tumani bo‘limi xodimlari harakatiga nisbatan xizmat tekshiruvlari tayinlangan.

Tekshiruv harakatlari davomida marhumning o‘limi sababini aniqlash maqsadida jasadni eksgumatsiya qilish lozimligi aytilganda uning yaqin qarindoshlari qarshilik bildirgan.

Bosh prokuraturaning qo‘shimcha qilishicha, marhum o‘limidan oldin bir emas, uch nusxada tilxat yozib qoldirgan bo‘lib, hozirda ushbu tilxatlar marhumning tog‘asi L.E.da saqlanayotganligi aniqlangan. Ushbu tilxatlar sudga oid xatshunoslik ekspertizasi tayinlash lozimligi aytilganda L.E. tilxatlarning aslini olib qolib, nusxasini taqdim qilgan.

Mazkur tilxatlar o‘qib ko‘rilganda, ularda marhumning oila a’zolaridan roziligi, farzandlariga g‘amxo‘rlik qilishlari so‘ralgani va maktab o‘qituvchilaridan korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslikni talab qilgani yozilgan.

“Hozirda Kitob tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Mavzuga doir: Qashqadaryoda 47 yoshli maktab direktori o‘z joniga qasd qildi. Marhum o‘limidan oldin xat yozib qoldirgani aytilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 22:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют