» » O‘zbekistonning ba’zi tumanlari rahbarlari sanoatni rivojlantirishdagi yaxshi natijalari uchun pul mukofoti oldi

O‘zbekistonning ba’zi tumanlari rahbarlari sanoatni rivojlantirishdagi yaxshi natijalari uchun pul mukofoti oldi


Vazirlar Mahkamasining 17-sentabrdagi farmoyishi bilan 2020-yilning birinchi yarim yilligida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlarini ta’minlagani uchun bir qator tuman hokimlari hamda ularning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Rahbarlari mukofotlangan tumanlar qatoridan quyidagilar o‘rin olgan:

Ushbu tumanlar hokimlari 10 million so‘m miqdorida, ularning birinchi o‘rinbosarlari 8 million so‘m miqdorida pul mukofoti oladigan bo‘ldi. Mazkur rag‘batlantirish Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, mazkur farmoyish bilan 2020-yilning birinchi yarim yilligida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‘tgan yilga nisbatan o‘sish sur’atlari ta’minlanmaganligi uchun ayrim tumanlar hokimlari ogohlantirildi, ularning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlariga esa hayfsan berildi.

Rahbarlari ogohlantirilgan va hayfsan olgan tumanlar qatoriga quyidagilar kirgan:

2020-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari asosida yuqoridagi ro‘yxatda qayd etilgan tuman hokimlari hamda ularning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari faoliyatiga baho berish yoki egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan jazo choralari qo‘llanishi belgilandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda karantin vaqtida qancha sanoat korxonasi o‘z faoliyatini to‘xtatgani ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 22:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 41) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют