» » Tolibjon Yusupov Namangan viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Tolibjon Yusupov Namangan viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi


Tolibjon Yusupov Namangan viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev.

Tolibjon Yusupov 1978-yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 1999-yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini, 2009-yilda shu institut magistraturasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1997-yilda “Do‘stlik-N” savdo-ishlab chiqarish markazida hisobchilikdan boshlagan. 2000—2017-yillar davomida viloyatda moliya va g‘aznachilik tizimlarida turli vazifalarda ishlagan.

Tolibjon Yusupov 2017-yildan hozirgacha Namangan viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Namangan viloyat hokimining sobiq birinchi o‘rinbosari Ayubxon Kamolov Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri etib tayinlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют