» » Rossiya sentabr oyining oxirigacha yana 4 ta davlat bilan aviaqatnovlarni tiklaydi. Ular orasida O‘zbekiston yo‘q

Rossiya sentabr oyining oxirigacha yana 4 ta davlat bilan aviaqatnovlarni tiklaydi. Ular orasida O‘zbekiston yo‘q


Rossiya 21-sentabrdan boshlab Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Belarus bilan aviaqatnovlarni tiklaydi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Shuningdek, 27-sentabrdan boshlab Janubiy Koreya bilan parvozlarni tiklash rejalashtirilmoqda. Qayd etib o‘tilgan reyslar ikki tomonga haftada bir martadan amalga oshiriladi.

Sentabr oyining oxirigacha aviaqatnovlar qayta tiklanishi rejalashtirilayotgan davlatlar qatoridan O‘zbekiston joy olmagan.

Sentabr oyining boshida Rossiya Misr, Birlashgan Arab Amirliklari va Maldiv orollari bilan ikki tomonlama aviaqatnovlar tiklanishini ma’lum qilgandi. 1-avgustdan boshlab Rossiyadan Buyuk Britaniya, Tanzaniya va Turkiyaga parvozlarni amalga oshirishga ruxsat berilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 1-oktabrdan boshlab barcha xalqaro avia, temiryo‘l va avtoyo‘l qatnovlarini tiklaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 06:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют