» » Jizzaxda Matiz ichida qarovsiz qoldirilgan 1-3 yosh oralig‘idagi uch nafar bola turli darajadagi kuyish jarohatlarini oldi

Jizzaxda Matiz ichida qarovsiz qoldirilgan 1-3 yosh oralig‘idagi uch nafar bola turli darajadagi kuyish jarohatlarini oldi


Jizzaxda Matiz avtomobili ichida qarovsiz qoldirilgan voyaga yetmagan uch nafar bola turli darajadagi kuyish tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Sharof Rashidov tumani “Yakkaqayrog‘och” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 28 yoshli fuqaro akasining bir nafar va o‘zining ikki nafar farzandini Matiz avtomobili ichida qarovsiz qoldirib, uyiga kirib ketgan. Bu vaqt esa avtomobil ichida yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in oqibatida 2 yoshli Sh.Sh.ning tanasi 100 foiz 2 va 3-darajali termik kuygan.

Shuningdek, 2017-yilda tug‘ilgan M.Sh. tanasining 60 foizi 1, 2 va 3-darajali, bundan tashqari, bolaning yuqori nafas yo‘llari 2-darajali kuygan. 2019-yilda tug‘ilgan Sh.M.ga esa yuz, ikki qo‘lning 2, 3-“a” va “b” darajali, yuqori nafas yo‘llarining 14-16 foizli kuyish tashxisi qo‘yilgan. Jabrlanuvchilar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Jizzaxda 15 yoshli bola qarovsiz qoldirilgan mashinani yurgizib yuborishi oqibatida 6 yoshli bola vafot etgan edi.

Mavzuga doir: Qashqadaryoda “Kombi” 13 yoshli bolani urib yuborib kanalga ag‘darildi. Bola vafot etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 12:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют